“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 17:55
ЎЗO‘Z

Islomobodda ko‘rgazma. O‘zbekiston mahsulotlari Pokistonga eksport qilinadi

08 mar, 20:30 6 455 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Islomobodda ko‘rgazma. O‘zbekiston mahsulotlari Pokistonga eksport qilinadi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari rahbarligidagi delegasiyaning Pokistonga tashrifi doirasida O‘zbekistonning Islomoddagi elchixonasida “Savdo karvoni: O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” nomidagi doimiy faoliyat yurituvchi ko‘rgazma zalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kun.uz xabariga ko‘ra, tadbirda Pokiston hukumati, Islomobod, Sialkot, Lahor Savdo-sanoat palatalari, ushbu mamlakat ishbilarmon doiralari hamda yirik qurilish kompaniyalari vakillari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Ko‘rgazma zalida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 170 turdagi mahsulotlar, jumladan, 51 nomdagi qurilish materiallari, 48 nomdagi sanitariya texnikasi, 66 nomda kabel-o‘tkazgichlar va maishiy buyumlar taqdim etildi.

O‘zbekiston mahsulotlarining namoyish etilgan namunalari pokistonliklarda katta qiziqish uyotdi. Xususan, Bahria Town qurilish kompaniyasi va “O‘zsanoateksport” aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qurilish materiallarini Pokistonga eksport qilish bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Bundan tashqari, Pokistonning bir qator qurilish kompaniyalari va mobil aloqa operatorlari o‘zbekistonlik sheriklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirishdi.

Ko‘rgazma ishtirokchilari shuningdek, zamonaviy va yuqori texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan maishiy texnika tizimi, jumdalan, Artel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan “aqlli” televizorlar va planshetlarga e’tibor qaratishdi. Pokiston vakillari ko‘rgazmaga qo‘yilgan o‘zbekistonlik sanoatchilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar O‘zbekistonda iqtisodiyotni modernizasiya qilish sohasida muvaffaqiyatli islohotlar olib borilgani, bu esa dunyo bozorlarining barcha talablariga javob bera oladigan ishlab chiqarish salohiyati shakllanishiga xizmat qilganini ta’kidlashdi.

Taqdimot yakunlari Express Tribune, The Nation, Dispatch News Desk kabi Pokistonning markaziy nashrlari hamda PTV NEWS mahaliy televideniesida keng yoritildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 37
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 124
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 53
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • So'nggi yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 0
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 0
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 2
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 8
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 18
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 37
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Bo‘limlar