“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 08:15
ЎЗO‘Z

Toshkent hokimiyati: naqd pul hammaga etadi!

22 fev, 10:03 6 806 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent hokimiyati: naqd pul hammaga etadi! Toshkent shahri va uning moliyaviy muassasalari pensiya, nafaqa pullar va maoshlarni naqd pul bilan to‘lash bo‘yicha barcha xarajatlarni qoplashni ta’minlashga tayyor va buni bamaylixotir qila oladi, deb aytdi Toshkent hokimi birinchi o‘rinbosari Nozim Husanov. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

Uning aytishicha, buning uchun muayyan ishlar olib borilmoqda. Jumladan, savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish korxonlaridan tijorat banklariga naqd pul mablag‘larining o‘z vaqtida va to‘liq hajmda kelib tushishi uchun Toshkentda davlat soliq idoralari va banklar xodimlarining maxsus tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, butun tushumni uning shaklidan qat’iy nazar, bankka topshirishlari kerakligi haqida tadbirkorlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, tizim yaxshi ishlashi uchun shahar hokimiyati xaridorlarning o‘zlari ham xarid qilingan mahsulot uchun sotuvchilardan chek berishlarini talab qilishlarini so‘ramoqda.

Husanovning aytishicha, Toshkent banklariga pensiya va nafaqalarni naqd pul ko‘rinishida to‘lash uchun har oy 167,7 mlrd so‘m kerak bo‘ladi. Bu pullarni Toshkentda yashayotgan 274,8 ming pensioner oladi.

Ma’lum qilinishicha, byudjet sohasida faoliyat yurituvchi ishchilar, ya’ni o‘qituvchilar, tibbiy xodimlar va boshqa bir qator ishchilarning oylik maoshlarini to‘lash uchun har oy 193,9 mlrd so‘m naqd pul ajratiladi. Ko‘p farzandli va kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalarni to‘lash uchun har oy 7,9 mlrd so‘m kerak bo‘ladi.

Bu choralar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yaqinda imzolangan qaror doirasida ko‘zda tutilgan. Bu qarorga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha pensiyalarning barcha turlarini to‘lash to‘liq hajmda naqd pullarda, hech qanday cheklovlarsiz amalga oshirilishi lozim.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 140
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 120
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 85
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 200
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 2
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 50
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 37
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 63
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 88
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 85
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 218
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 42
  • Bo‘limlar