“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 04:31
ЎЗO‘Z

Plastik kartochka orqali to‘laganda narxlar sun’iy oshirilsa qancha jarima qo‘llaniladigan bo‘ldi?

18 fev, 15:20 8 961 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Plastik kartochka orqali to‘laganda narxlar sun’iy oshirilsa qancha jarima qo‘llaniladigan bo‘ldi? Aholiga chakana savdo va pullik xizmat ko‘rsatish sohasida naqd pulsiz xisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish, naqd pul mablag‘larini bank aylanmasiga jalb qilish va to‘liq hisobga olinishi, iste’molchilarning huquq va manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirishga qaratilgan qarori qabul qilindi, deb yozmoqda Kun nashri.

Mazkur qaror respublikamiz hududlarida nazorat-kassa mashinalari va hisob-kitob terminalaridan foydalanmaslik, chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidan naqd pul mablag‘lari tushishi darajasining pastligi natijasida daromadlarning katta qismi bankdan tashqari muomalaga chiqib ketayotganligi sababli aholi va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida nosog‘lom muhitni vujudga keltirayotgan holatlar bo‘yicha aniqlangan faktlarning tanqidiy tahlili natijasida qabul qilingan.

Qarorga asosan mamlakatimizda 2017 yilning 1 martidan boshlab chakana savdo va pullik xizmat ko‘rsatish sohasidagi barcha tadbirkorlik sub’ektlari, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar aholidan to‘lovlarni plastik kartochkalar orqali qabul qilish imkonini beruvchi to‘lov terminallari bilan jihozlanmasdan faoliyat yuritishi mumkin emasligi belgilab qo‘yildi.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga tijorat banklari, O‘zbekiston banklar assosiasiyasi va Yagona umumrespublika prosessing markazi bilan hamkorlikda 10 kun muddatda chakana savdo va pullik xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining to‘lov terminallari bilan jihozlanganligini inventarizasiyadan o‘tkazish, inventarizasiya natijalariga ko‘ra qisqa muddatda, kerakli miqdordagi hisob-kitob terminallari o‘rnatilishi va ularni zaruratga qarab uzluksiz elektr quvvati bilan ta’minlovchi texnik vositalar bilan jihozlanishini ta’minlash, yangi o‘rnatilgan hisob-kitob terminallarini tadbirkorlik sub’ektlaridan ariza tushgan kundan boshlab uch kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda ro‘yxatga olinishini ta’minlash vazifalari yuklatilgan.

Agarda chakana savdo va pullik xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan sotilayotgan tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun naqd pul yoki plastik kartochkalar orqali to‘lov shakliga qarab narxlarni sun’iy ravishda oshirish yoki pasaytirish holatlariga yo‘l qo‘yilsa, bu hisob-kitob terminallaridan foydalanishning belgilangan tartibini buzish deb hisoblanib, eng kam ish haqining 30 barobari miqdorida jarima qo‘llanishiga sabab bo‘ladi.

O‘rnatilgan tartibga muvofiq, davlat soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarida naqd pul yoki plastik kartochkalar orqali to‘lov shakliga qarab sun’iy ravishda narxlarni oshirish yoki pasaytirish, nazorat-kassa mashinalari, hisob-kitob terminallarini qo‘llash, shuningdek, belgilangan tartibdagi talonlar va xarid cheklari berilishi, naqd pul tushumlarini to‘liq va o‘z vaqtida inkassasiya qilinishi yuzasidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi ruxsatnomasi asosida o‘tkaziladigan soliq tekshiruvlar hisoblanmasligi belgilab qo‘yildi.

Davlat soliq qo‘mitasiga belgilangan tartibda mazkur masalalar bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlarida, birinchi navbatda savdo komplekslarida, chakana savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida doimiy ravishda nazorat tadbirlari o‘tkazib borish vazifasi yuklatildi.

Qaror talablaridan kelib chiqqan holda Markaziy bank tomonidan hisob-kitob terminallari bilan jihozlash va ulardan amaliy foydalanishlarini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutgan holda xisob-kitob terminallarini ijaraga berish va ularni tadbirkorlik sub’ektlariga realizasiya qilish mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqiladi.

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligiga “O‘zbekenergo” kompaniyasi bilan birgalikda to‘lovlarni plastik kartochkalar orqali qabul qilish imkonini beruvchi xisob-kitob terminallari bilan jihozlangan chakana savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini sifatli va uzluksiz aloqa bilan ta’minlash, bunda tog‘li va uzoq hududlarga alohida e’tibor qaratish vazifasi topshirildi.

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan huqubuzarliklarning oldini olish maqsadida nazorat-kassa mashinalari va to‘lovlarni plastik kartochkalar orqali qabul qilish imkonini beruvchi hisob-kitob terminallari o‘rnatmasdan faoliyat yuritganlik uchun javobgarlik choralari to‘g‘risida tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali muntazam ravishda keng tushuntirish, profilaktik tadbirlari tashkil etiladi.

Davlat soliq qo‘mitasi
Axborot xizmati




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 134
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 68
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 136
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 80
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 50
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 139
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 45
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 109
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 26
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 55
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 94
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 91
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 124
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 56
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 95
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 77
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 33
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 61
  • Bo‘limlar