“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 04:33
ЎЗO‘Z

Apple smartfonlar savdosi bo‘yicha Samsung’dan o‘zib ketdi

16 fev, 08:46 6 711 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Apple smartfonlar savdosi bo‘yicha Samsung’dan o‘zib ketdi Gartner tadqiqot kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yilning to‘rtinchi choragida Apple Samsung’ni smartfonlar savdosi bo‘yicha ortda qoldirdi, deb yozadi «Daryo». Bu so‘nggi ikki yil ichida birinchi marta Janubiy Koreya kompaniyasi savdosi tushib ketishi fonida kuzatildi.

Shu bilan birga, ikki etakchi kompaniya o‘rtasidagi farq hali hech qachon bunchalik kichik bo‘lmagan edi. Apple o‘tgan chorakda 77 milliondan oshiq smartfon sotdi, uning ushbu bozordagi ulushi 17,9 foizni tashkil etdi. Samsung esa 77 milliontadan sal kamroq smartfon sotib, bozorda 17,8 foiz ulushga ega bo‘ldi. Oradagi farq atigi 256 mingta smartfonni tashkil qildi. Taqqoslash uchun, 2015 yilning to‘rtinchi choragida Samsung Apple’dan 12 millionta smartfonga o‘zib ketgan edi.

«Samsung kompaniyasining smartfonlar savdosi ketma-ket ikki chorakdan buyon tushib bormoqda, — deya Gartner kompaniyasining tadqiqotlar bo‘yicha direktori Anshul Gupta natijalarni izohladi. — 2016 yilning to‘rtinchi choragida Samsung smartfonlari savdosi 8 foizga tushib ketdi, uning bozordagi ulushi esa o‘tgan yil ichida 2,9 foizga kamaydi».

Samsung savdosiga Galaxy Note 7 flagman modelining to‘satdan yonib ketish bilan bog‘liq holatlardan so‘ng savdodan olinishi katta zarba bo‘ldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qirg‘iziston O‘zbekistonga 2,5 mln litr benzin yetkazdi 18 мая, 00:15 125
  • Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekiston bo‘yicha hisobotini e’lon qildi 15 мая, 18:22 131
  • O‘zbekiston dunyo bo‘yicha ikkinchi oy eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi 11 мая, 20:28 187
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 208
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 79
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 148
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 25
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 36
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 91
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 16
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 127
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 31
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 43
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 70
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 137
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 177
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 67
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 89
  • Bo‘limlar