“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 16:17
ЎЗO‘Z

Jahon banki O‘zbekiston biznesiga milliardlar ajratadi

20 yanv, 11:50 6 965 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jahon banki O‘zbekiston biznesiga milliardlar ajratadi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon bankining Evropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha vise-prezidenti Siril Myullerni qabul qildi.

"Sizning O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalasiga shaxsiy e’tiboringizni yuqori baholayman. O‘tgan yili 2020 yilga qadar qabul qilingan mamlakat dasturi uchun minnatdorchilik bildiraman", — dedi Mirziyoyev Myuller bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.

Shuningdek, Prezident O‘zbekiston va JB orasidagi hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi. "Yaqinda biz Jahon banki bilan millionlar (dollar) haqida gaplashgan bo‘lsak, bugun milliardlar haqida gaplashmoqdamiz", — dedi Mirziyoyev.

Myuller esa o‘z navbatida O‘zbekistonda kichik biznesni jadal rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik va investisiya muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha yaqinda qabul qilingan chora-tadbirlar g‘oyat muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi. Tomonlar shuningdek, o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari xususida fikr almashishdi, sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildilar, deb yozadi Kun.uz sayti.

Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi 2016 yilning iyulida O‘zbekiston bilan hamkorlikning yangi konsepsiyasini ishlab chiqdi. Xususan, JB O‘zbekistondagi umumiy qiymati 4 milliard dollar bo‘lgan 27ta ustuvor loyiha uchun 3 milliarddan ortiq mablag‘ni zaxiraga saqlab qo‘ygan edi.

O‘zbekiston Jahon bankiga 1995 yilda a’zo bo‘lgan. O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston ushbu tashkilotdan xususiylashtirish, moliya sohasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligini modernazasiya qilish, elektr energetika, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, sog‘liqni saqlash, ta’lim sohalariga mo‘ljallangan 33ta loyiha uchun umumiy hisobda deyarli 2,8 milliard dollar kredit olgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 63
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 133
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 80
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 50
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 139
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 156
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 126
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 92
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 39
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 101
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 217
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 311
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 457
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 257
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 299
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 91
  • Bo‘limlar