“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 02:45
ЎЗO‘Z

Fransiya Samarqandda chiqindilarni boshqarishni yaxshilashga ko‘maklashadi

25 dek, 15:38 6 212 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Fransiya Samarqandda chiqindilarni boshqarishni yaxshilashga ko‘maklashadi Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) O‘zbekiston bilan Samarqand shahrida maishiy qattiq chiqindilarni boshqarishni modernizasiya qilish bo‘yicha loyiha doirasida 23,5 mln evro miqdoridagi kredit berilishi to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Bu haqda Gazeta.uz xabar bermoqda. Mazkur moliyalashtirish O‘rta Osiyo uchun Investision jamg‘arma (IFCA) doirasida beriladigan Evropa Ittifoqining 8 mln evro miqdoridagi subsidiyasi bilan to‘ldiriladi.

19 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan imzolash marosimi O‘zbekiston moliya vaziri Botir Xodjaev, FTA Osiyo davlatlari boshqarmasi boshlig‘i Paskal Pako, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Violen Biet de Vilmor xonim, FTAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Rafael Jozan va Evropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi Hamkorlik bo‘yicha boshlig‘i Ovidiu Mik ishtirokida o‘tkazildi.

Loyiha Samarqand shahrida eng ilg‘or tajribalar va jahon andozalariga muvofiq maishiy chiqindilarni samarali va uzoq muddatli yaxlit boshqarishning yaratilishiga qaratilgan. Loyiha chiqindilarni boshqarishning barcha ishlari va barcha zanjirlarini, ularni yig‘ish, qayta ishlash va utilizasiya qilishni moliyalashtirishni qamrab oladi.

Jumladan, 200 ta chiqindi yig‘ish punktlarini qurish va ta’mirlash, 70ta chiqindi yig‘ish transportini xarid qilish, qattiq maishiy chiqindilarni sortirovka qilish markazi va ularni ko‘mish markazini, shuningdek axlatxonada ajraladigan biogazni qayta ishlash bo‘yicha bioreaktor bo‘lib ishlaydigan uskunalarni o‘rnatish belgilangan.

Bundan tashqari, loyiha mutaxassislarni tayyorlash, Samarqand shahar hokimiyatiga va chiqindilarni yig‘ishtirishga ixtisoslashgan «Maroqand Obod» shahar korxonasiga institusional yordam ko‘rsatish, shuningdek aholiga maishiy chiqindilarni boshqarishga taalluqli ma’lumot berish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.

Loyiha bo‘yicha ko‘zda tutilgan maishiy qattiq chiqindilarni texnik ko‘mish markazi biogaz ishlab chiqaruvchi bioreaktor sifatida foydalanilib, olingan gaz gaz chiqindilarni yig‘ish transportlariga quyiladi. Mazkur yaxlit loyiha nafaqat O‘zbekistonda, qolaversa butun O‘rta Osiyo mintaqasida birinchi hisoblanadi.

O‘zbekistonda har yili 100 mln tonna sanoat va 35 mln kub metr maishiy qattiq chiqindi hosil bo‘ladi. Hududlarda chiqindilarni yo‘q qilish va qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy korxonalar etishmovchiligi sababli mamlakatda 2 mlrd tonna chiqindilar yig‘ilib qolgan.

Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) — bu Fransiya hukumati tomonidan belgilangan rivojlantirish siyosatini amalga oshirib kelayotgan davlat moliya institutidir.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 121
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 68
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 136
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 80
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 50
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 139
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 18
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 68
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 17
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 42
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 74
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 69
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 100
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 43
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 84
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 64
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 24
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 53
  • Bo‘limlar