“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 19:57
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston iqtisodiyotiga yaqin 5 yilda 40 milliard dollar investisiya kiritiladi

25 noya, 16:27 8 170 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston iqtisodiyotiga yaqin 5 yilda 40 milliard dollar investisiya kiritiladi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida iqtisodiyotimizning jahon bozoridagi raqobatdoshligini oshirish, uning soha va tarmoqlarini modernizasiya va diversifikasiya qilish, eksport salohiyatini kengaytirish, investisiyaviy faollikni kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratilgan.

Saylovoldi dasturida asosiy va muhim vazifa - 2030 yilga qadar yalpi ichki mahsulot hajmini ikki barobardan ziyod ko‘paytirish, iqtisodiyotimiz tarkibida sanoatning ulushini 40 foizga etkazish bo‘yicha aniq maqsadli dasturlarni amalga oshirish deb belgilangan.

Shu maqsadda kimyo sanoatini, rangli va nodir metallar, uglevodorod xomashyosi, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, to‘qimachilik, charm-poyabzal, farmasevtika, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga qaratilgan 8 ta maxsus dastur qabul qilindi va amalga oshirilmoqda. Yaqin besh yilda umumiy qiymati qariyb 40 milliard dollar bo‘lgan 657 ta investisiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Bu choralar sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,5 barobar ko‘paytirish imkonini beradi. Bundan tashqari, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan to‘qimachilik sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqildi. Qiymati salkam 2 milliard 300 million dollar bo‘lgan 140 ta investisiya loyihasini amalga oshirish natijasida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 3 barobar oshirish ko‘zda tutilmoqda. Xususan, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2021 yilda 2016 yilga nisbatan 2,2 barobar, jumladan, ip gazlama - 2,7 barobar, tayyor trikotaj mato - 3 barobar, tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari - 3,4 barobar, paypoq mahsulotlari - 3,7 barobar ortadi va mos ravishda ushbu davrda mahsulotlar eksportini 2 barobar oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Bu sohadagi mavjud 100 ming ish o‘rni yana 27 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlariga ko‘payadi. Eng muhimi, 2021 yilga kelib yurtimizda ishlab chiqarilayotgan paxta tolasini to‘liq qayta ishlashga erishiladi.

Oxirgi 11 yil ichida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘rtacha yillik o‘sishi 8 foizdan kam bo‘lmay kelayotgani, mamlakat iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ikki barobar ­oshirish uchun esa o‘rtacha yillik o‘sishni 4,8 foiz darajada saqlab turish lozimligini inobatga oladigan bo‘lsak, partiyamiz nomzodining saylovoldi dasturi mustahkam iqtisodiy asosga qurilgani ma’lum bo‘ladi. Buning ustiga, bugungi kunda ko‘pgina davlatlarda ishlab chiqarish ­pasayishi va iste’mol talabi qisqarishi kuzatilayotgan bir paytda, O‘zbekistonda keng ko‘lamli infratuzilma qurilishi, shu jumladan, xorij sarmoyasi ishtirokidagi bunyodkorlik ishlari izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Xususan, birgina 2015 yili umumiy qiymati 7 milliard 400 million AQSh dollarini tashkil etgan 158 ta yirik ishlab chiqarish ob’ekti qurilishi yakunlanib foydalanishga topshirilgani buning yaqqol isbotidir. Shuning uchun 2030 yilga borib, mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmini ikki barobar oshirish va yuqori darajadagi daromad hamda rivojlangan iqtisodiyotga ega bo‘lish bajarish mumkin bo‘lgan vazifa hisoblanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 0
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 16
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 121
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 119
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 98
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 163
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 1
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 0
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 1
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 15
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 17
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 39
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 27
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 15
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 37
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 19
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 53
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 156
  • Bo‘limlar