“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 09:24
ЎЗO‘Z

«Western China International Fair 2016» xalqaro yarmarkasida o‘zbekistonlik tadbirkorlar tomonidan $1,1 mln. dollarlik shartnomalar imzolandi

25 noya, 10:41 6 168 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Western China International Fair 2016» xalqaro yarmarkasida o‘zbekistonlik tadbirkorlar tomonidan $1,1 mln. dollarlik shartnomalar imzolandi Xitoy Xalq Respublikasining Chendu shahrida bo‘lib o‘tgan «Western China International Fair 2016» xalqaro yarmarkasida 98 mamlakatdan 60 mingdan ziyod qatnashchi qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, mebel, qurilish mahsulotlari, hunarmandlik va qo‘l mehnati buyumlarini taqdim etdi. O‘zbekiston tadbirkorlarining mahsulotlari barchaning e’tiborini tortdi, deyiladi Darakchi nashrida.

Tadbirkorlarning chet mamlakatlarlarda o‘tkazilayotgan yirik xalqaro yarmarkalar, biznes-forum va kooperasion birjalarda ishtirok etishi, xaridorlar topishi va shartnomalar tuzishiga ko‘maklashmoqda.

Joriy yilning o‘tgan oylarida jamg‘armaning moliyaviy, tashkiliy va huquqiy ko‘magi orqali tadbirkorlarimiz o‘nga yaqin xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashdi. Xitoyda bo‘lib o‘tgan xalqaro yarmarka ana shulardan biri.

Milliy kolorit bilan bezatilgan O‘zbekiston paviloni o‘ziga xos dizayni va keng assortimenti bilan ko‘rgazma ishtirokchilarida qiziqish uyg‘otdi. Tadbirkorlarimiz taklif etgan mahsulot va xizmatlarning yuqori sifati, raqobatbardoshligi xaridorlarga ma’qul bo‘ldi.

«Western China International Fair 2016» xalqaro yarmarkasi mamlakatimiz tadbirkorlari uchun chet ellik ishbilarmonlar bilan yangi savdo-iqtisodiy hamkorlik o‘rnatish, mavjud aloqalarni yanada kengaytirish, mahsulot va xizmatlar eksporti hajmini oshirishga yangi imkoniyatlar yaratdi. Yarmarka doirasida umumiy qiymati 1,1 million AQSh dollariga teng eksport shartnomalari imzolandi. Qo‘shma loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha ko‘plab kelishuvlarga erishildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 83
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 124
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 86
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 201
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar