“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 10:25
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda 9 oyda 2,65 milliard dollar miqdorida xorijiy investisiya va kreditlar o‘zlashtirildi

21 okt, 13:40 7 710 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda 9 oyda 2,65 milliard dollar miqdorida xorijiy investisiya va kreditlar o‘zlashtirildi 2016 yil boshidan buyon O‘zbekistonda Investisiya dasturi doirasida umumiy qiymati 3,7 milliard dollarlik 100ta yirik ishlab chiqarish ob’ekti ishga tushirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasining mamlakatni joriy yil 9 oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari bo‘yicha hisobotida ma’lum qilingan.

Jizzax viloyatidagi sement zavodini kengaytirish, GM O‘zbekistan aksiyadorlik jamiyatida T-250 rusumidagi yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil qilish, Talimarjon IESda 450 MVt quvvatli ikkita bug‘-gaz turbinasi qurish, Angren IESda ko‘mir kukunidan foydalanishga mo‘ljallangan 150 MVt quvvatli energiya bloki qurish, «Indorama Qo‘qon tekstil» xorijiy korxonasida yigiruv korxonasi tashkil etish (IV-bosqich), Sirdaryo viloyatidagi «Guliston Med Texnika» qo‘shma korxonasida steril shprislar ishlab chiqarish va boshqa loyihalar shular jumlasidandir.

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hududiy dasturlari doirasida hisobot davrida qariyb 22 ming loyiha, jumladan, sanoat sohasida 3195 korxonada yangi quvvatlarni ishga tushirish, 162 korxonada yangi faoliyat turlarini yo‘lga qo‘yish, 264 korxonani modernizasiya qilish va 653 korxonaning ishlab chiqarish quvvatini kengaytirishni o‘z ichiga olgan 4274ta loyiha amalga oshirildi.

Ushbu loyihalarni amalga oshirishda joriy yil boshidan buyon 2,65 milliard dollarlik xorijiy investisiya va kreditlar o‘zlashtirildi, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,2 foizni tashkil qildi. Bu mablag‘larning 1,8 milliard dollardan ortig‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalardir. Natijada o‘zlashtirilgan investisiyalar umumiy hajmida xorijiy sarmoyalar ulushi 21,1 foizdan 22,3 foizga etgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 58
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 128
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 72
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 44
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 135
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 4
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 8
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 49
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 19
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 64
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 49
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 25
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 48
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 88
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 194
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 75
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 125
  • Bo‘limlar