“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 04:47
ЎЗO‘Z

«O‘zavtosanoat» AK mahsulotlari Shimoliy Afrika va Fors ko‘rfazi mamlakatlariga eksport qilina boshladi

21 okt, 13:37 7 981 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«O‘zavtosanoat» AK mahsulotlari Shimoliy Afrika va Fors ko‘rfazi mamlakatlariga eksport qilina boshladi Jahon iqtisodiyotida inqiroz holatlari hamon saqlanib turgan va jahon bozoridagi narxlar eksport salohiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bir sharoitda yurtimiz eksportchilarining tashqi bozordagi o‘rnini saqlash maqsadida xorijga mahsulot etkazib berish hajmini ko‘paytirish, eksport qilinadigan mahsulotlar turi va geografiyasini diversifikasiya qilish, eksport faoliyatiga yangi korxonalarni jalb etish ishlari davom ettirildi.

O‘zA xabarida keltirilishicha, O‘zbekistonda joriy yil boshidan buyon 835 korxona eksport faoliyatiga jalb etildi, 246 turdagi yangi mahsulot eksporti yo‘lga qo‘yildi. Mahalliy mahsulotlarni chetga etkazish geografiyasi 52 ta yangi bozorga ko‘paydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasining mamlakatni joriy yil 9 oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari bo‘yicha hisobotida ma’lum qilindi.

Xususan, Birlashgan Arab Amirliklari, Livan, Iordaniya, Iroq, Gana, Senegal, Kot-d’Ivuar, Somali, Nigeriyaga yengil avtomobillar, Yaponiya, XXR, AQSh, Isroilga vinomateriallar va vino-aroq mahsulotlari, Polsha, XXR, Turkiya, Janubiy Koreya, Latviya, Afg‘onistonga kimyo mahsulotlari, Shvesiya, Ruminiya, Bolgariya, Turkiyaga mineral o‘g‘itlar, Belarus, Ozarbayjon, Polsha va Janubiy Koreyaga sport poyabzallari, charm buyumlar va boshqa mahsulotlar eksport qilindi.

Buning samarasida shu yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra, tovar va xizmatlar eksport hajmi 2015 yilning shu davriga nisbatan 1,4 foiz o‘sdi. Polietilen, trikotaj polotno, ip gazlama, farmasevtika preparatlari va tibbiyot buyumlari, molibden, volfram mahsulotlari, ammofos, kalsiylashtirilgan soda, yuk avtomobillari va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega boshqa mahsulotlarni eksport qilish hajmi oshdi.

Mamlakatda etishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshirilgani, jumladan, «O‘zagroeksport» ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi tashkil etilgani natijasida joriy yil 9 oyida 543 ming tonnadan ziyod yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 40,4 foiz ko‘p ho‘l meva va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 45
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 123
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 71
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 42
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 133
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 36
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 49
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 23
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 23
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 73
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 67
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 59
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 43
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 95
  • Bo‘limlar