“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 18:47
ЎЗO‘Z

Alisher Usmonov Rossiyaga soliq to‘lamaydigan bo‘ldi

17 okt, 16:48 7 866 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Alisher Usmonov Rossiyaga soliq to‘lamaydigan bo‘ldi USM Holding xo‘jayini Alisher Usmonov Rossiyaning soliq to‘lovchisi maqomidan mahrum bo‘ldi, deb yozmoqda Kun.uz nashri. Bu xabarni USM matbuot xizmati ham tasdiqlagan. Rossiya soliq qonunchiligiga ko‘ra, RF soliq to‘lovchisi hisoblanish uchun mamlakatda kamida olti oy istiqomat qilish lozim. Rossiyada jismoniy shaxslarni soliqqa tortishda ularning fuqaroligiga e’tibor berilmaydi. Aksincha, bir yilning 183 kunida Rossiyada yashagan kishi soliq to‘lovchi hisoblanadi.

USM vakilining jurnalga ma’lum qilishicha, hozirda Usmonov amaliy faoliyat turlarini tark etgan va diqqatini sport, xayriya va filantropik faoliyatga qaratgan. U, Qilichbozlik xalqaro federasiyasi prezidenti va XOQning Olimpiya televizion kanalini barpo etish komissiyasi a’zosi hisoblanadi.

"Shu va tibbiy sabablar tufayli u 2015 yilda RF Soliq Kodeksiga binoan, o‘zining soliq to‘lovchi maqomini tasdiqlash uchun talab etiluvchi 183 kun Rossiyada bo‘lmagan. Xalqaro qilichbozlik federasiyasi hamda uning prezidenti qarorgohi Lozanna va Monakoda joylashgan. Albatta, bu USM xoldingining biznesi va tuzilmasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmaydi", - deyiladi USM matbuot-xizmati.

Xabarlarga ko‘ra, Usmonov so‘nggi bir necha yilda jismoniy shaxs sifatida Rossiya g‘aznasiga 350 mln dollar miqdorida soliq to‘lagan. Uning xoldingiga kiruvchi kompaniyalar esa, 2015 yilning o‘zida 100 mlrd rublga yaqin soliq to‘lagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 28
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 163
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 52
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 124
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 127
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 101
  • So'nggi yangiliklar
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 1
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 1
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 12
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 73
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 28
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 41
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 86
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 43
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 140
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 71
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 70
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 178
  • Bo‘limlar