“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 11:28
ЎЗO‘Z

Tadbirkorlarni rejadan tashqari va muqobil tekshirishlar bekor qilindi

06 okt, 11:16 7 513 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tadbirkorlarni rejadan tashqari va muqobil tekshirishlar bekor qilindi 1 yanvardan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirishning barcha turlari bekor qilinadi.

2017 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlarini rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi, deb yozmoqda "gazeta.uz". Bu haqda 5 oktyabr kuni Prezident v. b. Shavkat Mirziyoyev imzolagan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonda keltirib o‘tilgan.

Yuridik shaxslarning tugatilayotganida, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilganligi holatlari bo‘yicha bergan murojaatlari asosida faqatgina Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga muvofiq o‘tkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlar bundan mustasno.

Hujjatda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini, shu jumladan, jinoyat ishlari doirasidagi muqobil tekshirishlarning barcha turlari ham bekor qilinadi;

1 yanvardan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda birinchi marta huquqbuzarliklar sodir etgan tadbirkorlik sub’ektlari va ularning xodimlari yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va etkazilgan moddiy zararni qoplagan taqdirda, insonning sog‘lig‘i va hayotiga zarar etkazilgan holatlar bundan mustasno, ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan, jarimalar va moliyaviy sanksiyalar (penyadan tashqari) qo‘llanilishidan ozod etiladi.

Ushbu sanadan boshlab noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni birinchi marta sodir etgan shaxslar huquqbuzarlik aniqlangan kundan e’tiboran bir oy muddatda etkazilgan zararning o‘rnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik sub’ekti sifatida ro‘yxatdan o‘tgan va ruxsat etuvchi zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan taqdirda ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.

Farmonda qayd etilishicha, tadbirkorlik sub’ektlarining eksport kontraktlarini davlat bojxona xizmati organlarida hisobga qo‘yish borasidagi talab valyuta nazorati organlari tomonidan Tashqi savdo operasiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali tashqi savdo kontraktlari nazorati va monitoringini saqlab qolish sharti bilan bekor qilinadi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-son Farmonining 1, 2 va 4-ilovalarida nazarda tutilgan tovarlarni eksport qilish bo‘yicha kontraktlar mustasno.

O‘zbekistondan eksport qilinayotgan tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat ilgari xuddi shunday tovar uchun aynan sertifikat olgan arizachiga bir ish kuni mobaynida beriladi.

Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risida ariza bergan taqdirda davlat boji to‘lashdan ozod etiladi




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 143
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 122
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 85
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 200
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Bo‘limlar