“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 03:19
ЎЗO‘Z

Birinchi yarim yillikda YaIM 7,8 foizga o‘sdi

16 iyul, 17:40 6 878 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Birinchi yarim yillikda YaIM 7,8 foizga o‘sdi O‘zbekiston hukumati birinchi yarim yillikda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini muhokama qildi.

Joriy yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sishi 7,8 foizni tashkil etdi. O‘zA xabariga ko‘ra, bu haqda Vazirlar Mahkamasining 15 iyuldagi yig‘ilishida ma’lum qilingan.

Olti oy mobaynida sanoat ishlab chiqarish hajmi 6,7 foiz, qurilish ishlari — 17,5 foiz, xizmat ko‘rcatish — 12,9 foizga o‘sdi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6,8 foizga oshdi.

Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdoridagi profisit bilan ijro etildi. Inflyasiya darajasi prognoz parametrlaridan oshmadi.

Banklar jami kapitali 23,3 foizga va depozitlar 27,7 foizga, iqtisodiyotni kreditlash hajmlari 26,2 foizga ko‘paydi. Barcha bank kreditlarining qariyb 80 foizi investisiya maqsadlariga berilgan uzoq muddatli kreditlardir.

Yil boshidan buyon 462,5 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. Ularning 276,7 mingtasi yoki 59,8 foizi qishloq joylardadir.

«Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturi doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirishga barcha manbalar hisobiga 4,4 trillion so‘mdan ko‘p va 111 million dollar miqdorida mablag‘lar yo‘naltirildi.

O‘zlashtirilgan investisiyalar hajmlarini 11,8 foizga, shu jumladan, xorijiy investisiyalar va kreditlarni 17,2 foizga ko‘paytirish ta’minlandi.

Yarim yil mobaynida jami qiymati 1,9 milliard AQSh dollari bo‘lgan 43 ta ishlab chiqarish ob’ektlari foydalanishga topshirildi. Umumiy qiymati 3,4 milliard AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan 72 ta yangi investisiya loyihalarini amalga oshirish boshlandi. Mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlari 1,5 baravarga oshishi ta’minlandi.

Joriy yilning birinchi yarim yilligi mobaynida xususiy mulkka qariyb 267,5 milliard so‘m miqdorida investisiya majburiyatlari qabul qilgan holda 305 ta davlat aktivlari sotildi. O‘tgan davrda xorijiy investorlarga 30 ta aksiyadorlik jamiyatidagi ulushlar sotildi. Ustav fondlarida davlat ulushiga ega bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari soni 2015 yilning shu davridagi 374 ta o‘rniga 202 tagacha qisqardi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 42
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 123
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 71
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 42
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 133
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar