“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 06:52
ЎЗO‘Z

Konversion kartalardan naqd pul echib olish cheklandi

03 iyul, 03:42 7 897 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Konversion kartalardan naqd pul echib olish cheklandi O‘zbekiston banklari 1 iyuldan konversion kartalardan foydalanishga cheklov joriy etdi. Mazkur ma’lumotni «Gazeta.uz» muxbirlariga bir qancha banklar vakillari tasdiqladi.

Bankomatlarda konversion kartalardan naqd pul echib olishda oyiga 300 AQSh dollari hajmida me’yor belgilandi (avvallari kunlik me’yor 100 dollar edi).

Bundan tashqari, uchta mamlakat — Turkiya, Xitoy va BAAda konversion kartalar ulgurji va chakana savdo muassasalari terminallarida to‘lov uchun qabul qilinmaydi. Bir vaqtning o‘zida, avval bo‘lgani kabi, mehmonxonada yashash, ovqatlanish, davolanish va ta’lim olish uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

Mazkur o‘zgarish to‘g‘risida faqatgina KDB Bank Uzbekistan o‘z saytida rasman xabar qildi. Xabarda qayd etilishicha, bu kabi choralar yuqorida sanab o‘tilgan mamlakatlarda konversion kartalardan belgilanmagan tartibda foydalanish holatlari uchrayotgani sababli joriy etildi.

Jismoniy shaxslar rasmiy kurs bo‘yicha xorijiy valyuta sotib olishi mumkin bo‘lgan konversion kartalar 2013 yil 1 fevraldan joriy etilgan bo‘lib, ulardan faqatgina chet elda foydalanish mumkin. O‘sha yili banklarga aholiga naqt pulda chet el valyutasini sotish ham taqiqlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 183
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 70
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 143
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 80
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 52
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 139
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 47
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 45
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 124
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 76
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 121
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 130
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 66
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 33
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 125
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 215
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 69
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 73
  • Bo‘limlar