“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 12:32
ЎЗO‘Z

Jahon Banki prognozlariga ko‘ra O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sish sur’ati MDH mamlakatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etadi

09 iyun, 07:07 8 537 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jahon Banki prognozlariga ko‘ra O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sish sur’ati MDH mamlakatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etadi O‘zbekiston iqtisodi Jahon banki ekspertlari fikriga ko‘ra 2016 yilda 7,3 foizlik o‘sishni qayd etadi. Bu esa yanvar oyidagi prognozdan 0,2 foizga pastroq ko‘rsatkich, deyiladi "Kun" nashrida. Shunga qaramasdan, bu MDH va Sharqiy Evropa mamlakatlari orasidagi nisbatan eng yaxshi ko‘rsatkich ham hisoblanadi.

Jahon bankining «Global iqtisodiy islohotlar» nomli yangi hisobotida Evropa va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi vaziyat bu mamlakatlarning neft, metallar qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxi arzonlashishiga qanday moslashishidan kelib chiqib prognozlar qilingan.

O‘zbekiston iqtisodi o‘sishi 2017 va 2018 yillarda 7,2 foiz darajasida bo‘lishi prognoz qilingan (yanvar oyidagi prognozlardan 0,5 foizga kam). MDH mamlakatlari orasida eng katta pasayish Turkmaniston ko‘rsatkichlarida kuzatilgan. Tahlilchilar fikriga ko‘ra, Turkmaniston iqtisodiyoti prognozi 4 foizlik natijani qayd etgan. Keyingi 2 yilda bu mamlakat ko‘rsatkichi 8,9 foizdan 5 foizga tushirilgan.

Qozog‘iston iqtisodi o‘sishi joriy yilda 0,5 foizga, Qirg‘iziston iqtisodi 3,4 foizga, Tojikiston iqtisodi 4 foizga, Rossiya iqtisodi 1,2 foizga pasayishi prognoz qilingan.

Jahon iqtisodida joriy yilning ikkinchi yarmi uchun iqtisodiy o‘sish pasayishi 2,4 foizga kamayishi prognoz qilingan.

Bundan tashqari, Jahon banki 2016 yilda neft narxi dunyo bozorida yana tushishini bashorat qilgan. 2017 yilda esa narxlar ko‘tarilishi kutilmoqda. Hisobotga ko‘ra, joriy yilda neftning bir barreli narxi 41 dollarni tashkil qiladi. Yanvarda bu raqam bir barreli uchun 51 dollar sifatida ko‘rsatilgandi. 2017 yil uchun prognozda neftnin 1 barreli uchun o‘rtacha narx 50 dollar bo‘lishi aytilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 143
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 122
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 85
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 200
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 0
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 35
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 70
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 65
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 83
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 42
  • Bo‘limlar