“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 11:11
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Rossiyaga etkazib beradigan meva-sabzavotlar hajmini 17 baravarga oshirishi mumkin

02 iyun, 16:36 9 275 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Rossiyaga etkazib beradigan meva-sabzavotlar hajmini 17 baravarga oshirishi mumkin Rossiya delegasiyasi bilan o‘tkazgan muzokaralarda O‘zbekiston Respublikasi Rossiyaga yiliga 800 ming tonnadan ortiq meva-sabzavot mahsulotlari etkazib berishga tayyor, deb bayonot bergan Respublika tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniev, deyiladi "Kun" nashrida.

2016 yil 29-31 may kunlari Rossiya qishloq-xo‘jaligi vazirligi vakillari, rus ishbilarmon doiralari hamrohligida O‘zbekistonga tashrif buyurishdi. Ular O‘zbekistonda etishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Rossiya bozoriga etkazib berish hajmini oshirish masalalari bo‘yicha qator muzokaralar olib borishgan.

Xususan, O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vaziri bilan o‘tkazilgan muzokaralarda, G‘aniev o‘zbek tomoni o‘zining meva-sabzavot mahsulotlarini Rossiyaga yanada ko‘proq eksport qilishdan manfaatdor ekanini aytib, 800 ming tonnadan ortiq meva-sabzavot, jumladan, poliz mahsulotlari va uzum etkazib berishga tayyorligini bildirgan.

Tomonlar o‘zaro muloqot chog‘ida, ushbu masala yuzasidan uzoq muddatli hamkorlik qilish imkoniyatlarini ham muhokama etishgan.

Rossiya delegasiyasi, o‘z safari doirasida, shuningdek, O‘zbekiston agrar korxonalari rahbarlari bilan uchrashgan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi ishlab chiqarish quvvatlarini borib ko‘rgan.

2015 yili O‘zbekistonda 12,59 mln tonna meva-sabzavot etishtirilgan. Shundan, 1,85 mln tonna poliz mahsuloti, 1,55 mln tonna uzum va 2,73 mln tonna mevadir.

Evroosiyo komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda O‘zbekiston Rossiyaga 33,4 mln dollarlik meva-sabzavot etkazib bergan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 58
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 128
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 72
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 44
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 135
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 0
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 1
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 0
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 5
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 8
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 50
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 20
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 64
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 49
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 25
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 48
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 88
  • Bo‘limlar