“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 07:18
ЎЗO‘Z

Aprel oyida GM Uzbekistan avtomobillari savdosi Rossiyada 5 foizga kamaydi

28 мая, 13:31 8 234 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Aprel oyida GM Uzbekistan avtomobillari savdosi Rossiyada 5 foizga kamaydi 2016 yilning aprelida Rossiyada GM Uzbekistan AJ QK avtomobillari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 foizga kamroq sotildi. Bu haqda Evropa biznesi uyushmasi Avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasi xabar bergan, deyiladi "Kun" nashrida.

Ushbu oy davomida Rossiyada jami 1571ta mashina sotilgan.

2016 yilning yanvar—aprelida GM Uzbekistan AJ QK jami 6103ta avtomobil sotdi, bu 2015 yilning shu davriga nisbatan 14 foizga kam demakdir.

Kompaniya mahsulotlari orasida eng ko‘p sotilgani Gentra bo‘lib qolmoqda: aprel oyida 1078ta shu rusumdagi avtomobil sotilgan (-13,4 foiz). Yil boshidan buyon sotilgan Gentra avtomobillari soni 4386ta (+1,8 foiz). Natijada, avtomobil "Avtostat" tomonidan tuzilgan Rossiyadagi eng xaridor 25 avtomobil qatoriga kiritilgan.

Ayni vaqtda Ravon Gentra Rossiya bozorida 439 ming rubldan taklif etilmoqda. Ravon R2 1,5 litr sig‘imli to‘rt silindrli dvigatelga ega. Agregatning ish koeffisienti 107 ot kuchiga teng. Model 12,4 soniyada soatiga 100 kilometr tezlikka erisha oladi. Maksimal tezligi soatiga 161 kilometrga teng.

2016 yilning ikkinchi yarmida Rossiya bozorida Ravon Gentra sedanining yangi qiyofadagi (restayling) modeli paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Bugungi kunda Rossiyada Gentra sedanidan tashqari, Matiz va Ravon R2 (Chevrolet Spark analogi) avtomobillari sotilmoqda. Kelgusida Ravon Nexia R3 (Chevrolet Aveo analogi) va R4 (Chevrolet Cobalt analogi) taqdim etiladi.

GM Uzbekistan qo‘shma korxonasining Rossiya bozoridagi ulushi yanvar—fevralda 1,5 foizni tashkil etgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 37
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 130
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 151
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 53
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 127
  • So'nggi yangiliklar
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 1
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 0
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 0
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 7
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 12
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 215
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 66
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 119
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Bo‘limlar