“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 10:59
ЎЗO‘Z

Teri holatiga ta’sir qilib erta qarishga olib keladigan 7 odat

29 noya, 15:36 2 348 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Teri holatiga ta’sir qilib erta qarishga olib keladigan 7 odat Foto: Getty Images
Yuz terisining ahvoli yaxshi bo‘lishi va hech qanday muammo kuzatilmasligi uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida «Domashniy ochag» jurnali ma’lumot berib o‘tadi.

Uyqudan avval yuvinmaslik
Hatto har kuni kosmetik vositalardan foydalanmagan taqdiringizda ham chang va boshqa qoldiqlardan tozalash uchun yuzni uyqudan avval yuvishni unutmang. Gap shundaki, poralarining to‘lib qolishi uyqu vaqtida terini yangilanishiga xalaqit qiladi. Oqibatda tongda yuzingiz so‘lg‘in va charchagandek ko‘rinadi.

Kam uxlash
Kechki uyqu vaqtida nafaqat miya, balki teri ham yangilanadi. Lekin tungi dam olish soatining yetarli bo‘lmasligi ko‘z ostida halqalar paydo bo‘lishi, yuz terisining rangi nosog‘lom ko‘rinishi, shuningdek, erta ajin tushishiga olib keladi.

Noto‘g‘ri tanlangan kosmetik vositalardan foydalanish
Ajin tushishiga qarshi foydalanadigan krem yaxshi samara berishi uchun tarkibida retinol bo‘lishiga e’tibor qaratish kerak. Ammo ko‘p miqdordagisi terini shikastlashi va muammo keltirib chiqarishi mumkinligi bois, me’yorga amal qilish kerak. Shu sabab ham tarkibida retinol kam bo‘lgan kremlardan foydalanishni boshlang.

Choyshablarni tez-tez almashtirmaslik
Choyshablarni haftada kamida bir marta, yuzingizda yallig‘lanish va husnbuzarlar bisyor bo‘lsa, yanada tez-tez almashtirish kerak. Yostiq jildida qolgan bakteriyalar va boshqa zararli qoldiqlar yuz terisiga zarar yetkazishi mumkin.

Kosmetik vositani yuvmasdan uxlash
Nima bo‘lgan taqdirda ham yuzingizdagi kosmetikani tozalamasdan uyquga yotmang. Aks holda nafaqat teri, balki ko‘z bilan bog‘liq muammo yuzaga kelishi — infeksiya tushishi mumkin bo‘ladi.

Terini namlantirmaslik
Muntazam ravishda namlantirishga nafaqat quruq, balki aralash va yog‘li teri ham ehtiyoj sezadi. Bu borada terini namlantirish bilan birga parvarishlaydigan krem, maz va yog‘larga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. Qolaversa, bu kabi mahsulotlar terini shikastlanishdan saqlab, bakteriya hamda xavfli infeksiyalarni u orqali organizmga kirishidan himoya qiladi.

Uxlaydigan xona haroratiga e’tibor bermaslik
Uxlash uchun xona harorati selsiy shkalasi bo‘yicha 18 daraja iliq bo‘lishi kerak. Qanchalik issiq bo‘lsa, uxlash shunchalik qiyin bo‘ladi. Bu esa tana, xususan, teri ahvoliga ta’sir qilmay qolmaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 122
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 295
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 147
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 333
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 225
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 290
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 110
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 57
  • Bo‘limlar