“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 07:10
ЎЗO‘Z

Xotiraning susayishiga sabab bo‘ladigan 4 mahsulot

25 noya, 15:19 2 269 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xotiraning susayishiga sabab bo‘ladigan 4 mahsulot Foto: Marie Claire
Qaysi mahsulotlarni doimiy ravishda iste’mol qilish xotira bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkinligi haqida Marie Claire nashri ma’lumot berib o‘tadi.

Popkorn
Tarkibida bosh miyada amiloid «blyashka»larni hosil bo‘lishini ko‘paytiruvchi kimyoviy modda diatsetil mujassam ekani sabab ham popkorn, sog‘lik uchun zararli hisoblanadi. Ushbu moddaning zararli ekani, 2012 yilda o‘tkazilgan tadqiqotlarda aniqlangan. Natijaga ko‘ra, uning respirator va o‘pka kasalliklariga olib kelishi aniqlangan.

Suyuq pishloq
Parhezning inson hayotidagi roli qanchalik ekanini o‘rganishga ahd qilgan mutaxassislar, qayta ishlangan sut mahsulotlari, kognitiv qobiliyatlarni susaytirishini aniqlangan. Sal avvalroq o‘tkazilgan tadqiqotlarda esa qayta ishlangan mahsulotlarning nafaqat kognitiv qobiliyatlarni susaytirishi, balki ushbu jarayonni sezilarli darajada jadallashtirishi ma’lum bo‘lgan. Salbiy ta’sir oradan 4 hafta o‘tib o‘zini namoyon qiladi. Xavfli mahsulotlar qatoridan ba’zi sut mahsulotlari, xususan, pishloq ham o‘rin olgan.

Un qo‘shib tayyorlanadigan mahsulotlar
Nafaqat shirinliklar, balki non va makaron mahsulotlari ham xavfli sanaladi. Ushbu mahsulotlarning bari organizmda yallig‘lanishni keltirib chiqaradi — ulardan biri neyrodegenerativ kasalliklardir. Alsgeymer va demensiyada yallig‘lanish bosh miyada «blyashka»larni paydo qiladi. Bu esa kognitiv qobiliyatlarning sekinlanishiga olib keladi. Oq undan tayyorlangan mahsulotlarni butun donli mahsulotlarga almashtirish tavsiya qilinadi.

Spagetti, guruch va boshqa oq mahsulotlar
Nafaqat spagetti, qotgan non va shirinliklar, balki oq guruch ham xotira uchun zararli hisoblanadi. Ularni iste’mol qilish miyada «blyashka»lar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shu sabab ham oq guruchni qizil yoki jigarrangiga almashtirish, garnirga esa miya faoliyati uchun foydali bo‘lgan loviya yoki boshqa dukkakli mahsulotlar yeyish tavsiya qilinadi.

Qanday mahsulotlar foydali?
Omega-3 yog‘ kislotasini o‘z ichiga oladigan mahsulotlardan iborat parhez miya salomatligi uchun foydali. Brain Behavior and Immunity jurnalida chop etilgan maqolada, ushbu oziqa moddalari, qayta ishlangan yeguliklar keltirib chiqaradigan yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatishi yozilgan. Ratsiondan yong‘oq, yog‘li baliq, ayrim yog‘ va ko‘katlar o‘rin olishi kerak. Ularni doimiy ravishda iste’mol qilish hujayralardan tashqaridagi oqsilli «blyashka»larning paydo bo‘lishining oldini oladi. Shuningdek, aqliy va jismoniy faoliyatni davom ettirish, xolesterin va arterial qon bosimni nazorat qilib, spirtli ichimliklar va chekishdan voz kechish ham juda muhim sanaladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 182
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 130
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 305
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 160
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 349
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 239
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 0
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 1
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 1
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Bo‘limlar