“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 19:16
ЎЗO‘Z

Vazn tashlashda olma qanchalik samara berishi aniqlandi

25 noya, 07:30 1 656 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vazn tashlashda olma qanchalik samara berishi aniqlandi Foto: Marie Claire
Olimlarning aniqlashicha, muayyan bir mevani doimiy ravishda iste’mol qilish qorin sohasidagi yog‘ni eritishi mumkin. Ortiqcha vazn bilan kurashishda muammoni to‘g‘ri aniqlash, uni bartaraf qilishga yordam beradigan usuldan foydalanish kerak. Ayrim usullar bir muammo uchun samara berishi, ammo jiddiyroqlarini hal qilmasligi mumkin. Oddiy teri ostidagi yog‘dan ko‘ra vitselyar yog‘ quyuqroq va qorin boshlig‘ining chuqurroq qismida joylashgan bo‘ladi.

Qutulish biroz murakkab bo‘lgan vitselyar yog‘ toksik kimyoviy moddalar ajratgani sabab hujayralar yallig‘lanishi, arterial qon bosimi ko‘tarilishiga olib keladi. Bunday asoratlar bir qancha muammolar, yurak-qon tomir kasalliklari, suyaklarning chiqish-sinishiga olib keladi. Harvard Health’da yozilishicha, vitselyar yog‘ bilan metabolizm bilan bog‘liq muammolar, yurak-qon tomir kasalliklari va ikkinchi darajali qandli diabet o‘rtasida bog‘liqlik borligi aniqlangan. Ayollarda bu ko‘pincha ko‘krak saratoni va o‘t pufagidagi muammo bilan aloqador bo‘lishi mumkin. Vitselyar semirishga turli garmonlar va insulin ajralishining ishdan chiqishi sabab bo‘lishi mumkin.

Undan qutilish uchun kun davomida jismoniy faol bo‘lish muhim. Mashg‘ulotlar qon aylanishini jadallashtiradi, natijada organizm energiya sifatida vitselyar yog‘dan foydalanadi. To‘g‘ri ovqatlanish undan kam bo‘lmagan muhim sanaladi. Bu borada olma yaxshi samara beradi. Metabolizmni yaxshilaydigan olma xolesterinni kamaytirib, qon bosimini pasaytiradi. Flavonoid va pektinlarning koni hisoblangan ushbu meva uzoq vaqt qorinni to‘q tutadi. Yog‘ miqdorini kamaytirgani hisobiga ozishda, ayniqsa, foydali hisoblanadi.

Uning vitselyar yog‘ni yo‘q qilishda samara berishi Yaponiyada o‘tkazilgan tajribada o‘z isbotini topgan. 2007 yilda nashr etilgan maqolada yozilishicha, tadqiqotda 71 nafar ortiqcha vaznli ishtirokchi qatnashgan. Natijada umumiy va qondagi yomon xolesterin miqdori 12 haftada kamaygan. Bundan xulosa qilib, olmadagi polifenollar nisbatan yuqori tana massa ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan sog‘lom odamlarda yog‘larning metabolizmini tartibga soladi, degan qarorga kelingan. Ta’kidlanishicha, olma o‘rniga polifenolni o‘z ichiga oladigan boshqa mevalarni ham iste’mol qilsa bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 130
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 104
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 91
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 127
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 241
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 146
  • So'nggi yangiliklar
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 0
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 0
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 0
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 0
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 32
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 20
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 70
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 199
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 139
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 68
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 85
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 130
  • Bo‘limlar