“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 11:57
ЎЗO‘Z

Ko‘z bilan bog‘liq muammolarga olib keladigan 5 kutilmagan sabab

19 noya, 20:27 10 165 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ko‘z bilan bog‘liq muammolarga olib keladigan 5 kutilmagan sabab Foto: Freepik
Ko‘rish qobiliyatining yomonlashishi, qizarish va shish paydo bo‘lishining sababi telefondan ko‘p foydalanishdan tashqari, boshqa sabablar bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Qon tomirlarning shamollashi
Ortiqcha vazn, zararli odatlar va irsiy omillar ham qon tomir tizimiga ta’sir qilib, ko‘rish qobiliyatining yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Masalan, gipertoniya arteriya va tomirlarni shikastlab, ko‘zda muammolar keltirib chiqaradi.

Infeksiyalar
Infeksiya sabab kuzatiladigan kasalliklar ham ko‘zda muammo kuzatilishiga olib kelishi mumkin. Gerpes, parazit infeksiyalar, zaxm (sifilis) sil va VICH infeksiyalar shular jumlasidan. Har bir infeksion kasallikka xos simptom boshqasidan farq qilishi mumkin. Lekin aksariyat hollarda bemor bir yoki ikkala ko‘zning qizarishi, qichishi, ko‘rish qobiliyatining susayganidan shikoyat qiladi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, alomatlar kuzatilganda shifokorga murojaat qilish kerak.

Qandli diabet
Ko‘zda muammo kuzatilishi qandli diabetga xos keng tarqalgan alomatlardan sanaladi. Kasallikning rivojlanish jarayonida ko‘z pardasi va qon tomirlari shikastlanishi kuzatiladi. Shu sabab ham doimiy ravishda oftalmolog va endokrinologga murojaat qilish kerak.

Autoimmun kasalliklar
Psoriatik artrit, revmatoid artrit, shegren sindromi singari kasalliklarda ham ko‘z bilan bog‘liq muammolar kuzatilishi mumkin. Skleroz ham, shuningdek, ko‘z kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin. Bemorlar har safar ko‘zini ochib-yumganda og‘riqni his qilishadi.

Nevrologik kasalliklar
Odam organizmidagi barcha tizimlar bir-biri bilan aloqador bo‘ladi. Shu sabab ham bir qator nevrologik kasalliklar ko‘zga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bunda darhol nevrolog shifokor bilan maslahatlashish kerak. Insult eng ko‘p tarqalgan sabablardan hisoblanadi. Uning oqibati ko‘rish qobiliyatining yomonlashishiga olib kelishi ham ehtimoldan yiroq emas.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 211
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 130
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 108
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 134
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 244
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 149
  • So'nggi yangiliklar
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 0
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 0
  • Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi 08 мая, 10:16 0
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 16
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 24
  • Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi 08 мая, 09:27 40
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 15
  • TikTok AQSH hukumatini sudga berdi 08 мая, 08:55 20
  • Isroil Rafahdagi operatsiyani HAMAS mag‘lubiyatga uchramaguncha davom ettirmoqchi 08 мая, 08:52 22
  • “Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi 08 мая, 08:47 49
  • Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 08 мая, 08:44 107
  • PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol! 08 мая, 08:40 52
  • Bo‘limlar