“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 06:37
ЎЗO‘Z

Kuzda sovuq qotishga sabab bo‘ladigan 6 sabab

16 okt, 14:45 1 988 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kuzda sovuq qotishga sabab bo‘ladigan 6 sabab Foto: «Domashniy ochag»
Kuz faslida ko‘pchilik sovuq qotib yurish sabab noqulaylikni his qiladi. Aslida esa bu aslo o‘z-o‘zidan bo‘lib qolmaydi.

Qon bosimining pastligi
Qon bosimi past odamlarda qon tomirlarning tonusi, past bo‘ladi va qon sekin aylanadi. Adyolga o‘ranib olmasdan organizmni ichidan isitish muhim sanaladi. Buning uchun jismoniy mashqlarni bajarish, sayr qilish ayni muddao. Qolaversa, bir finjon choy ham bu borada yordam beradi.

Uxlolmaslik va parhez
Yetarlicha uxlamasangiz va kaloriya miqdori kamaysa, termoregulyatsiya yomonlashgani hisobiga odatdagidan ko‘proq sovqotishingiz mumkin. Parhez esa organizmni energiyani tejab, moddalar almashinuvining sekinlashishiga olib keladi.

Chekish
Chekish davomida qon tomirlarning torayishi sabab qo‘l-oyoqlarning sovishi tez-tez kuzatiladi. Diskomfortdan qochish uchun qo‘llari tez-tez mashq qildirib turing. Sovuq havoda haddan ortiq tor poyabzal kiymang. O‘zingizni yaxshi his qilish uchun dolchin yoki kardamon qo‘shilgan ichimlik iching.

Issiq kiyining
Issiq kiyinganingiz yaxshi. Yopishib turadigan kiyim ustidan keng turadigan sviter kiying.

Temir moddasining yetishmasligi
Gemoglobin miqdorining kam ekani hisobiga organizmga kislorod yetishmasligi kuzatiladi. Buning hisobiga zaiflik, bosh og‘rig‘i va sovuqqa ojizlik kuzatiladi. Bunda gemoglobin yetishmasligining sababini topish muhim. Bu jiddiy kasallikka xos jiddiy alomat bo‘lishi mumkin.

Gormonal disbalans
Qalqonsimon bez funksiyasining pasaygani hisobiga moddalar almashinuvi sekinlashib, issiqlik almashinuvi sekinlashadi. Bunday odamlarda oyoqlar sovishi kuzatiladi, shu sabab ham qalin paypoq kiyish imkonini beruvchi qulay poyabzal kiying. Qo‘lqoplarni esa charm emas, jun matosidan tikilganini xarid qilish tavsiya qilinadi.

Homiladorlik
Homilador ayollar ko‘pincha sovuqdan aziyat chekadi. Gormonal o‘zgarish bu kabi muammolarga sabab bo‘ladi. Bir necha qavat kiyinish bitta qalin sviter kiygandan yaxshiroq. Kiyim harakatlanishga xalal bermasligi, tor bo‘lmasligi kerak.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 107
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 274
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 136
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 318
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 212
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 276
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 0
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 185
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 36
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 72
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 75
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 111
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 52
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 328
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 96
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 86
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 98
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 156
  • Bo‘limlar