“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 00:41
ЎЗO‘Z

Qandli diabet kasalligida oyoqlarni qanday parvarish qilish kerak?

13 okt, 16:20 2 208 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qandli diabet kasalligida oyoqlarni qanday parvarish qilish kerak? Foto: Pinterest
Qandli diabet kasalligida qonda glyukoza miqdorining oshishi mayda qon tomirlarini va asab tolalari retseptorlarini shikastlaydi, bu to‘qimalarni oziqlanishi va qon bilan ta’minlanishning buzilishiga olib keladi. Natijada oyoqlarda jiddiy asoratlar rivojlanishi uchun zamin yaraladi.

Qandli diabet kasalligida oyoqlarda yara rivojlanishining asosiy omillari

Oyoqlarni parvarish qilish qoidalari
1. Teri qurib qolmasin. Har kuni oyoqlarni oddiy bolalar sovuni bilan yaxshilab yuvish lozim, suv harorati yuqori bo‘lmasligi kerak. Yuvish jarayonida barmoqlar orasidagi teriga alohida ahamiyat beriladi. Oyoqlar yumshoq sochiq bilan yaxshilab artiladi va namlantiruvchi kremlardan foydalaniladi. Terining elastikligini saqlash zarur, chunki qon tomirlarining uzoq vaqt shikastlangan holda bo‘lishi terini juda qurib qolishiga va osonlik bilan yorilishiga sabab bo‘ladi. Yaxshi yoritilgan joyda oyoqlar va kaft ko‘zdan kechiriladi. Barmoqlar orasidagi teriga, teri qatlamidagi yoriqlar, tirnalgan, qavariq joylar, yaralar, teri rangining o‘zgarishiga, harorat va ta’sirni sezish qobiliyatiga e’tibor beriladi.

2. Tirnoqlarni juda qisqa qilib va burchaklarini aylana tarzda olish mumkin emas.

3. Poyabzal qulay bo‘lsin. Poyabzalni sinchiklab tanlash lozim, u tegishli o‘lchamda va qulay bo‘lishi kerak. Orqa tarafi mustahkam, usti yumshoq, tumshug‘i keng yoki to‘rtburchak shaklda, amortizatsiyasi yaxshi sport poyabzali yoki krossovka kiygan ma’qul. Bu kabi poyabzallarning pataklari olinadi va ularni vaziyatga qarab almashtirish mumkin, masalan oyoq shishganda.

4. Oyoqlaringiz tagini asrash kerak. Ko‘chada ham, uyda ham oyoqyalang yurish tavsiya etilmaydi. Tabiiy matolar – jun, paxtadan tayyorlangan oq tusli paypoq kiygan ma’qul. Paypoq rezinasi oyoqni qismasligi kerak, aks holda oyoqlarda qon aylanishi buzilishi mumkin. Paypoqlarni iloji boricha har kuni almashtirish kerak.
Oyoqdagi yaralarni davolashda e’tiborli bo‘lish lozim

Qandli diabet kasalligida oyoq kaftlari ozgina shikastlansa ham uzoq vaqt bitmaydi va faol davolashni talab etadi. Bunday paytda yaralangan joyga antiseptik surtiladi – masalan, 70 foizli etil spirti 3 foizli perekis vodorod eritmasi bilan aralashtiriladi. Zelyonka yoki yod kabi antiseptiklardan foydalanish mumkin emas, chunki dorining rangi shifokorga yallig‘lanish darajasini va infeksiya bor, yo‘qligini aniqlash imkonini bermaydi. Agar yara 2-3 kun davomida bitmasa, shifokorga murojaat qilish zarur. O‘z-o‘zini davolashda kasallik chuqurlashib ketmasligining oldini olish kerak.

Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 198
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 133
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 312
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 166
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 358
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 246
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 0
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 46
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 63
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 266
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 155
  • Bo‘limlar