“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 13:03
ЎЗO‘Z

Ovqatlanishda har bir insonga kerakli 6ta odat

12 okt, 08:30 1 672 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ovqatlanishda har bir insonga kerakli 6ta odat Foto: Getty Images
Ushbu oddiy harakatlar o‘zingizni yaxshiroq his etishga va salomatligingizni saqlab qolishda yordam beradi.

1. Yetarli miqdorda suv ichish
Ko‘proq suv ichish kerak. U metabolizmni tezlashtiradi. Qon plazmasi 92-95 foiz suvdan iborat. Suyuqlik qon-tomir tizimiga o‘z funksiyasini bajarishda yordam beradi. Miyaga suv bilan kislorod va glyukoza kelib tushadi, ular asab faoliyati uchun muhim.

Yana suv miyadan moddalar almashinuvi mahsulotlari va toksinlarni chiqarib tashlaydi. Suv yetishmasligi esa bosh og‘rig‘i, charchoq hissi va ovqat hazm qilish kabi muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.

Suv iste’mol qilishning universal normasi mavjud emas. Ikkita ko‘rsatkichga e’tibor bering:

2. Sabzavot va mevalarni ko‘proq iste’mol qilish
O‘simliklardan tayyorlangan taomlar yurak qon-tomir kasalliklari va saratonning ayrim turlari profilaktikasida foydali. Ular tarkibidagi kletchatka ovqat hazm qilish faoliyati yaxshiroq kechishida yordam beradi va noinfeksion kasalliklar ehtimolini kamaytiradi.

So‘nggi tadqiqotlarda norma bo‘yicha kuniga 500-800 gramm sabzavot va meva iste’mol qilish haqida gap ketadi, bu esa kam miqdor emas.

3. Iste’mol qilingan taomlarni yozib borish uchun kundalik tutib ko‘rish
Ko‘pchilik iste’mol qilgan mahsulotlari miqdorini aniq bilmaydi. Shuning uchun o‘zimizning ovqatlanish borasidagi odatlarimizni yaxshi bilmasligimiz ehtimoli yuqori. Kundalik esa bu borada aslida vaziyat qanday ekanini tushunishda yordam beradi. Masalan, siz o‘zingizni yetarli miqdorda sabzavot yeyman deb hisoblashingiz mumkin, aslida esa balki kuniga bor-yo‘g‘i ikkita bodring bilan cheklanayotgandirsiz.

4. Shakarni kamroq iste’mol qilish
Zamonaviy odam shakarni ko‘p miqdorda iste’mol qiladi, chunki uni hamma yerda uchratish mumkin. Nafaqat gazli ichimliklar va pishiriqlarda, balki ketchup, tezpishar bo‘tqa hamda kolbasa tarkibida ham shakar bor.

Ikkinchi tipdagi diabet, jigar yetishmovchiligi, kariyes, semizlik va boshqa kasalliklarga shakarni haddan ziyod ko‘p iste’mol qilish sabab sifatida ko‘rsatiladi. Shunday ekan, uning ratsiondagi miqdorini nazorat qilish lozim.

5. Taomning tarkibi va kaloriyasiga e’tibor berish
Mahsulotlar yorlig‘ini ko‘zdan kechirish va yaxshilab o‘qish foydali. Masalan, shu tariqa sizning “sog‘lom” batonchigingiz tarkibining yarmi shakardan iborat ekan va kaloriya jihatidan yuqori ekanini bilib olish mumkin.

6. Sut-qatiq mahsulotlarini muntazam iste’mol qilish
Sut-qatiq mahsulotlarini kuniga bir porsiyadan iste’mol qilish vazn tashlash va ikkinchi tip diabetiga chalinish ehtimolini 18 foizga kamaytiradi. Shakarsiz turlarini tanlash lozim, ular foydaliroq.

Lifehacker.ru saytidan tarjima qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 7
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 105
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 274
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 186
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 249
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 396
  • So'nggi yangiliklar
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 0
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 0
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 7
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 12
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 29
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 28
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 23
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 214
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 57
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 231
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 131
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 230
  • Bo‘limlar