“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 09:44
ЎЗO‘Z

Xonadondagi chumoli va suvarakdan qanday qutulish mumkin?

10 okt, 19:07 2 140 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xonadondagi chumoli va suvarakdan qanday qutulish mumkin? Foto: Wday
Agar uyda suvarak, chumoli yoki boshqa zararkunandalar bo‘lsa, bu keskin choralar ko‘rishga arziydi. Mutaxassis – sanitariya shifokori, dezinfektolog Nikolay Dubinin bunday vaqtda qanday yo‘l tutish va nima qilish kerakligi haqida bir qancha tavsiyalar berib o‘tdi.

Yashash joyi
Odatda zararkunandalarning uyga kirib kelishining sababi bor. Agar chumolilar yo‘liga e’tibor berilsa, shirin ovqat to‘kilgan yoki sochilgan joy atrofida bo‘ladi. Namlik, chiqindilaring to‘planishidan keyin tez orada suvaraklar paydo bo‘lganini ko‘rish mumkin. Ta’kidlash joizki, ba’zida «mehmon»lar toza kvartiralarga ham tashrif buyuradi. Buning sababi qo‘shnilar zararkunandalarga qarshi olib borgan kurashdir.

Hasharotlar aksariyati oziq-ovqat, don yoki un bilan birga kirishi mumkin. Bu, albatta, oziq-ovqatga tushadigan zararkunandaga tegishli. To‘g‘ri, ular mahsulotlarini noto‘g‘ri saqlash bilan ham paydo bo‘lishi mumkin. Yormalar oziq-ovqat kuyalari bilan kasallanganligini payqadingizmi? Qimmatli vaqtingizni saralash va tozalashga sarflamang, ularni tashlab yuboring, chunki hasharotlar mahsulotda zaharli moddalarni qoldiradi.

Qorong‘i, nam va iliq bo‘lgan hammom ko‘pincha qurt-qumursqa uchun qulay joyga aylanadi. Ularning sevimli dargohlari – suv oqadigan joylar, nam gilam ostida, hammom ostidagi kirish qiyin bo‘lgan kamdan-kam tozalanadigan hududlardir.

Ammo taxtakanalar uyga tasodifan, narsalar yoki eski mebellar bilan kirib kelishi mumkin. Chang to‘planadigan joylarda, shuningdek, matraslar, divan, kabi joylardan topilishi mumkin. Bu parazitlar bilan qo‘shni bo‘lish sog‘liq uchun xavflidir.

Kurash vositalari

Foto: Wday
Hasharotlarni yo‘q qilishning eng samarali usullaridan biri – uyni kimyoviy insektitsidlar bilan tozalashdir. Do‘kon javonlarida ular aerozollar ko‘rinishida taqdim etiladi. Bunday dorilarni faqat shaxsiy himoya vositalarida – respiratorda ishlatish joizdir. Xavfsiz variant – gel, granula va bo‘rlar. Ularni tuzoq-uylar bilan birgalikda ishlatish samaraliroq. Biroq bunday vositalar faqat ular bilan aloqa qilgan hasharotlarga ta’sir qiladi. Parazitlarni va ularning bo‘lajak avlodlarini to‘liq yo‘q qilishni insektitsid konsentratlar ta’minlaydi, lekin ularning yuqori toksikligi tufayli ehtiyot bo‘lish kerak.

Mutaxassislarga murojaat
Agar «kelgindilar» dan mustaqil ravishda qutulishning iloji bo‘lmasa, professional dezinfeksiyalash vositalariga murojaat qilish kerak. Maxsus kompaniyalardan yordam olish mumkin. Bunday tashkilotlarda har doim sanitariya shifokori bor va ular turar-joy binolarida foydalanish uchun tasdiqlangan dorilardan foydalanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 148
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 113
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 289
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 191
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 255
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 401
  • So'nggi yangiliklar
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 0
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 0
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 8
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 20
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 79
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 221
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 95
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 54
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 114
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 168
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 149
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 225
  • Bo‘limlar