“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 20:46
ЎЗO‘Z

Nima uchun guruchni qayta isitib bo‘lmaydi?

25 sen, 22:44 2 811 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nima uchun guruchni qayta isitib bo‘lmaydi? Foto: «Domashniy ochag»
Mutaxassislar guruchni saqlash, qayta isitish va tayyor mahsulotni iste’mol qilishni tavsiya qilmaydi. Buyuk Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash xizmatining ma’lumotlariga qaraganda, ovqatdan zaharlanish xavfining oldini olish uchun guruchni yaxshisi bir marta tayyorlash kerak.

Ta’kidlanishicha, guruchning xomida ichaklar va oshqozon bilan bog‘liq muammolar keltirib chiqaruvchi, ko‘ngil aynishi, endokardit hamda markaziy asab tizimining turli shikastlanishlariga sabab bo‘ladigan Bacillus cereus sporalari bo‘lishi mumkin. Haddan ortiq chidamli ekani hisobiga hatto issiq ishlov berilganda ham o‘lmaydi. Agar pishgan guruchni bir necha muddatga xona haroratda qoldirilsa, sporalardan bakteriya ajralishi mumkin.

Keyin esa tobora ortib, organizmni zaharlashi mumkin bo‘lgan toksinlar ko‘paya boshlaydi. Tayyorlangan guruch xona haroratida qancha ko‘p tursa, unda Bacillus cereus bakteriyasining ko‘payish ehtimoli shunchalik ko‘p bo‘ladi. Guruchli bo‘tqani 30—40 daraja qizdirib, ularning ko‘payishi uchun yaxshi sharoit yaratish bilan birga, uning iste’molidan keyin zaharlanish xavfining ko‘payishiga sabab bo‘lasiz. Ovqatdan zaharlanishga xos simptomlar Bacillus cereus hazm traktiga tushganidan keyingi ilk simptom 1,5 soatdan keyin kuzatilishi mumkin. Odatda ularning paydo bo‘lishi mo‘’tadil bo‘lib, 24 soat ichida o‘tib ketadi.

Simptomlar:
- ko‘ngil aynishi;
- qusish;
- diareya;
- bosh aylanishi;
- ishtahaning yo‘qolishi;
- lohaslik.

Bundan qanday qochib qutulish mumkin?
Kam porsiyada bir martaning o‘zida tayyorlang. Har safar yangidan tayyorlashga vaqtingiz bo‘lmasa, quyidagi tavsiya siz uchun ayni muddao. Guruchli ovqatni yuqori olovda pishiring va tayyor bo‘lishi bilanoq dasturxonga torting. Qaynatilgan guruchni xona haroratida 1 soatdan ko‘pga qoldirmang. Yana ham yaxshisi, hali issiqligida sovutkichga qo‘ying. Tayyor taomni keyingi 24 soat ichida iste’mol qiling. Agar qizdirmoqchi bo‘lsangiz, tovaga solib qaynoq holga keltiring. Mikroto‘lqinli pechdan foydalaning. Mikroto‘lqinli pechdan boshqasidan foydalana olmasangiz, tarelkadagi guruch bilan birga qo‘ying. Asosida guruch bo‘lgan ovqatni hech qachon bir necha marta isitmang. Uch kundan ko‘p turgan guruchni tashlab yuborganingiz yaxshi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Parhezshunos tvorog iste’moli borasida ogohlantirdi 08 мая, 20:46 0
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 236
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 146
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 119
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 141
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 259
  • So'nggi yangiliklar
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 169
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 181
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 99
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 66
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 34
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 59
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 55
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 54
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 68
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 39
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 251
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 34
  • Bo‘limlar