“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 06:13
ЎЗO‘Z

Miya faoliyatiga zarar yetkazadigan kundalik odatlar

23 sen, 23:00 2 296 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Miya faoliyatiga zarar yetkazadigan kundalik odatlar Foto: Marie Claire
Kundalik odatlar kishining turmush tarzi, salomatligi va kayfiyatiga ta’sir qilmay qolmaydi. Ularning ayrimlari ish va kasbiy faoliyatni rivojlanishiga hissa qo‘shsa, ba’zilarining oqibati jiddiy muammo bilan tugaydi.

Bir vaqtni o‘zida bir necha vazifani bajarish
Bir nechta ishni bir vaqtni ichida bajarish zamonaviy odam uchun deyarli normal holat. Kompyuter qarshisida ishlayotgan vaqt audiokitob tinglash, trenirovka vaqti telefonda gaplashish, o‘qishdan bo‘sh vaqtlarda pochta yoki ijtimoiy tarmoqlarni tekshirish — umuman olganda, vaqtni tejab yaxshiroq natijaga erishish uchun qo‘ldan kelgan hamma narsani bajaramiz. Ammo bunday vaqtda hech nima mukammal bajarilmasligi kamida bir qator harakatni bir vaqtda bajarganda miya zo‘riqib qolishi mumkin. Bu esa ish samaradorligi va diqqat taqsimlanishiga ta’sir qiladi.

Dastur va ilovalardan foydalanish
Gadjet va dasturlar odamning hayotini osonlashtiribgina qolmay, ma’lum muammoga yechim topish kerak bo‘lganda ortiqcha aqlni ishlatishga hojat qolmaydi. Oqibatda odam dangasalasha boshlaydi. Kalkulator, valyuta konverteri va shunga o‘xshash boshqa dasturlar miyani bo‘shashtiradi hamda ortiqcha zo‘riqtirmaydi.

Kam harakatli turmush tarzi
O‘tirib ishlash nafaqat qomat va salomatlikka, balki miya faoliyatiga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Kam harakatlilik qon aylanishining sekinlashishiga bu esa o‘z navbatida miyaning kislorod bilan ta’minlanmasligiga hissa qo‘shadi. Oqibatda uning samaradorligi kamayadi. Shu sabab ham kun davomida kompyuter qarshisida o‘tiravermasdan turib tanaffus qilib turish, sayr qilish, shuningdek, jismoniy faollikning hayotimizdagi roli muhimligini unutmaslik kerak.

Ma’lumotlarning bisyorligi
Odam ko‘p va xo‘p ma’lumotga ega bo‘lishga uringanida bir mavzuga e’tibor qarata olmaydi. Faktlarning xilma-xilligi bir narsaga diqqat qila olmaslikka sabab bo‘ladi. Murakkab narsalar o‘ylash va fikrlash talab qilgani uchun esa kishi oson yo‘l qidirishga o‘rganib qoladi.

To‘g‘ri kun tartibining bo‘lmasligi
Ko‘pchilik aksariyat hollarda ish, o‘qish va boshqa turli sabablarga ko‘ra uyqudan voz kechadi. Ammo butun organizmning to‘g‘ri faoliyatda bo‘lishi uchun uyquning sifatli bo‘lishi muhim sanaladi. U nafaqat kuch va energiyani tiklashga yordam beradi, balki kun davomida zo‘riqqan miyani dam olishiga yordam beradi. Uyqudan keyin odamning xotirasi tiklanib, ma’lumotlar yaxshi qabul qilinadi va saqlab qolinadi. Aynan shu sabab ham rejim to‘g‘ri bo‘lishiga e’tibor qaratish hamda uyquning ahamiyati haqida unutmaslik kerak. Shu sabab ham bir vaqtda yotib bir vaqtda turish, uyqudan avval telefondan foydalanmaslik kerak.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 84
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 231
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 141
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 341
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 181
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 380
  • So'nggi yangiliklar
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 0
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 35
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 57
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 20
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 169
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 78
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 52
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 72
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 196
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 82
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 65
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 64
  • Bo‘limlar