“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 18:52
ЎЗO‘Z

Zarina Yo‘ldoshevaning mehribonlik uyi haqidagi haqiqatlari va davlat bergan uyni rad etgani haqida

22 sen, 23:34 7 386 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Zarina Yo‘ldoshevaning mehribonlik uyi haqidagi haqiqatlari va davlat bergan uyni rad etgani haqida Kliplardagi ishtiroki orqali tanilgan aktrisa Zarina Yo‘ldosheva «Daryo» internet nashriga eksklyuziv intervyu berdi. U ota-onasining o‘limidan so‘ng mehribonlik uyida o‘tgan bolaligi, u yerdagi qiyinchiliklar va davlatdan tomonidan berilgan uyni nega rad etganligiga oydinlik kiritdi.

- "Ba’zan mehribonlik uyida o‘sgan bolalar mehrsiz bo‘ladi, degan gaplarni eshitib xafa bo‘lardim. Hayotda ota-onasining bag‘rida o‘sib ham mehrsiz bo‘lgan bolalar kam emas-ku? Mehribonlik uyida o‘sgan bola mehrsiz emas, aksincha mehrga chanqoq bo‘ladi. Istaymizmi, yo‘qmi mehribonlik uyida unga hamma begona, urilib-surilib katta bo‘ladi. Eng yaxshi deyilgan mehribonlik uyida ham tarbiyachilar bolalarga mehr bermaydi. Shuning uchun ham tashqaridagi insonlar unga ozgina mehr berishsa, quvonib ketishadi.

Mehribonlik uyining ham ichki tartib-qoidalari bor. Hatto ularning ba’zilaridan tarbiyachilar ham bexabar bo‘lishadi. Masalan, yoshi kichik bolalar katta bolalarning xizmatini qilishi kerak. Qoidaga bo‘ysunmagan bola, albatta, jazolanadi. Chaqaloqlik paytidan mehribonlik uyida ulg‘aygan bolalar anchayin agressiv bo‘lishadi
", - deydi Zarina Yo‘ldosheva.

Shuningdek, aktrisa davlat tomonidan unga uy berilgani, biroq u uyni rad etgani hamda o‘z kuchi bilan kreditga uy olgani haqida ham so‘zlab berdi.

- "Menga ham hokimiyat tomonidan uy berish to‘g‘risida buyruq chiqarilgan edi. O‘zim Toshkentda bo‘lganim uchun uni buvim ko‘rib keldi. Bizga berilgan uy qandaydir eski maktab binosida ekan, buvimning aytishicha, bu uyda eng muhtoj inson ham yashashi mushkul. Bunday xarob uyni olmay, imtiyozli kredit asosida ikki xonali uy sotib oldim", - deydi Zarina Yo‘ldosheva.

Ma’lumot uchun, Zarina Yo‘ldosheva 2000 yil Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. U «Men seni sevaman» (Yulduz Usmonova), «Bilmadi» (Ulug‘bek Rahmatullayev) va «Tor ko‘cha» (Ziyoda) kliplarida suratga tushgan. Ayni kunlarda esa «Milliy» telekanalida efirga uzatilayotgan «O‘jar homilador» serialida bosh rolni ijro etmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 228
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 137
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 334
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 178
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 375
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 262
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 0
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 49
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 26
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 107
  • Bo‘limlar