“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 18:58
ЎЗO‘Z

Organizmda safro turg‘unligining belgilari va davolash chorasi

19 sen, 16:52 11 136 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Organizmda safro turg‘unligining belgilari va davolash chorasi Foto: «24 Kanal»
Ma’lum vaqt davomida muntazam ovqatlangandan so‘ng hazm qilish jarayoni buzilib, noxushlik bezovta qiladi. Ovqat yaxshi hazm bo‘lmasligining sabablaridan biri safro turg‘unligidir.

Safro jigarda ishlab chiqariladi va o‘t yo‘llari orqali o‘n ikki barmoq ichakka ovqatlangandan so‘ng quyiladi. Boshqa vaqtda u o‘t qopida to‘planadi. O‘t qopida safro tarkibidagi suv so‘riladi va quyuqlashadi. Safro turg‘unligi bu ikkilamchi holat. Bunga noto‘g‘ri turmush tarzi, vaqtida ovqatlanmaslik, asabiy toliqish, stress, o‘t qopida bukilish sabab bo‘ladi. Safroning turg‘unligi qancha ko‘p davom etsa, quyuqligi oshadi va avvaliga quyqalar, so‘ng toshlar paydo bo‘lishi mumkin.

Safroning organizmdagi vazifasi nimalardan iborat?
- yog‘larni suvda eriydigan yog‘ kislotalariga parchalaydi;
- zararli mikroblarni o‘ldiradi;
- oshqozon shirasi kislotasini neytrallashtiradi, bu ichaklarga ziyon qilishining oldini oladi;
- ichak fermentlarini faollashtiradi;
- oshqozon-ichak yo‘llarining peristaltikasini rag‘batlantiradi;
- vitamin, aminokislota, xolesterin va boshqa moddalarning so‘rilishini rag‘batlantiradi;
- oshqozon osti bezi ishini tartibga soluvchi gormonlar ishlab chiqarishni ta’minlaydi;
- organizm uchun zararli birikmalarning ichakdan chiqarib yuborish jarayonini tezlashtiradi.

Safro turg‘unligi belgilari
- o‘ng qovurg‘a osti sohasida og‘riq;
- tez-tez kekirish;
- yog‘li taomlardan keyin noqulaylik, qorin dam bo‘lishi;
- og‘izga achchiq ta’m paydo bo‘lishi, ko‘ngil aynishi;
- ich qotishi yoki tez-tez ketishi;
- zaiflik, doimo charchoq;
- terida qichishish, teri va ko‘zda sarg‘ishlik.

Safro turg‘unligining qanday oldini olish mumkin?
Vaqtida ovqatlanish, ayniqsa, ertalabki nonushta muhim. Chunki tun davomida safro o‘t qopiga ko‘p miqdorda to‘planadi, ovqatlanganda qisqarib, ichaklarga quyiladi. Shuning uchun ham o‘t qopini UZD tekshiruvi ertalab och qoringa bajariladi. Qolaversa, ish yuzasidan yoki boshqa sabablardan ertalabdan asabning buzilishi, stress holatlar paydo bo‘lishi mumkin, natijada o‘t yo‘llarining noto‘g‘ri ishlashi yuzaga keladi. Bunda ovqat tanovul qilinishiga qaramay, o‘t qopi qisqarmaydi, safro turg‘unligi kuchayadi. Shuning uchun muntazam ravishda suv ichish tavsiya etiladi. Ertalab nonushtadan oldin jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish ishtahani ochadi, kayfiyatni ko‘taradi. Shifokor maslahati bilan o‘t haydaydigan, o‘tni suyultiradigan va o‘t yo‘llarini ishlashini tartibga soladigan dorilarni ichish lozim.

Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 90
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 107
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 279
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 190
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 251
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 399
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 0
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 14
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 16
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 38
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 27
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 14
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 37
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 17
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 53
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 155
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 26
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 90
  • Bo‘limlar