“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 00:21
ЎЗO‘Z

Hoshim Arslonovning o‘g‘li Jamshid Arslonov dadasiga tuhmat qilganlar haqida gapirdi (video)

17 sen, 11:00 4 772 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hoshim Arslonovning o‘g‘li Jamshid Arslonov dadasiga tuhmat qilganlar haqida gapirdi (video) Foto: «Daryo»
«Sardor» serialidagi kursant Botir Roziqov roli bilan mashhurlikka erishgan aktyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hoshim Arslonovning to‘ng‘ich farzandi Jamshid Arslonov «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Jamshid Arslonov dadasi Hoshim Arslonov vafotidan so‘ng tarqalgan ba’zi bir tuhmat va uydirma gaplarga oydinlik kiritdi.

- "Dadam, Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin, 63 yoshlarida dunyodan o‘tdilar. Televideniye, dublyaj yoki teatrga ko‘pincha piyoda borardilar. «O‘zimiz mashinada olib boraylik», desak ham ko‘nmasdan, piyoda ketardilar. Keyin bilsak, piyoda yurib bilgan takbirlari, zikr va duolarini aytib ketarkanlar. So‘nggi bosh rolni ijro etgan filmlari — «101-reys» filmi bo‘lgan. O‘sha filmda ham suratga olish ishlaridan keyingi s’yomkalarni yakunlab, to‘g‘ri aeroportga — Umra safariga ketdilar.

Dadam haqida bilib-bilmay fikr bildirgan odamlardan juda ham nafratlanaman. Dadam o‘tgandan so‘ng «Hoshim Arslonov Umraga borib, amallarini ado eta olmabdi», degan gaplar qulog‘imga chalindi. Alloh guvoh, Rasulullohning ravzalariga ikki marta kirib chiqdilar. Umra amallarining barchasini bajarganlar.

Allohga shukr qilaman, shunchalik aziz qilib, sajdaga boshlarini tekkizib, Umradan so‘ng bir kun ham gunoh qilmasdan, aziz qilib olib ketganiga shukr.

Odamlar janozaga kelib, «Bir yildan keyin sizlarning ahvolingizni ko‘raman», deb ketganlar ham bo‘libdi. Birovga yomonligimiz yo‘q, dushmanligimiz yo‘q, eshigimiz hammaga ochiq, hech kimni orqasidan yomonlik qilmaganmiz. Odamzod har xil ekan, hammani rozi qilish qiyin ekan.

Dadamning birovga g‘ayirlik qilganlarini ko‘rmaganman. «Men Hoshim Arslonovman, el tanigan aktyorman», deya manmanlik qilganlarini ko‘rmaganman. Kimgadir hasad bilan qaraganlarini bilmayman, lekin shunday insonning ortidan gapirishganiga hayron qolaman. Alloh hammaning o‘ziga insof bersin
", - deydi Hoshim Arslonovning farzandi, aktyor Jamshid Arslonov.

Ma’lumot uchun, Jamshid Arslonov 1978 yil 13 may kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. «Zanjir», «Sardor», «Chempionlik orzusi» seriallari hamda «Otamdan qolgan dalalar» filmida bosh va turli darajadagi rollarni ijro etgan. Jamshid Arslonov «Sardor» serialida kursant Botir Roziqov roli bilan mashhurlikka erishgan. «Sardor» seriali 1999—2000 yillarda suratga olingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tiniq yuz terisi va sog‘lom ichaklar garovi bo‘lgan yeguliklar 17 мая, 07:55 226
  • Qon bosimini tushiruvchi kaliyga boy mahsulot — mayizning foydali xususiyatlari 13 мая, 13:51 270
  • Doimiy ravishda konditsioner yoqilgan xonada o‘tirish qanday salbiy oqibatlarga olib keladi? 11 мая, 13:05 184
  • Tishlarni qachon yuvgan ma’qul: nonushtadan avvalmi yoki keyin? 11 мая, 06:00 395
  • Qarish jarayonini tezlashtirib yuboradigan 5 ta mahsulot 09 мая, 22:30 438
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 664
  • So'nggi yangiliklar
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 4
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 2
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 28
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 32
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 16
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 246
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 72
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 83
  • Superliga. “Navbahor” “Neftchi”ni mag‘lub etdi, “OKMK” esa “So‘g‘diyona”dan ustun keldi 19 мая, 21:22 80
  • Minimal eksport narxlari e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda 19 мая, 21:04 106
  • Xitoy nega Rossiyani qo‘llamoqchi emas? Tahlilchilar – Putinning Pekinga tashrifi haqida 19 мая, 20:23 269
  • Usik va Fyuri natijalar e’lon qilinishidan oldin nimalar haqida suhbatlashgan edi? 19 мая, 19:57 150
  • Bo‘limlar