“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 03:24
ЎЗO‘Z

Homiladorlikda ortiqcha iste’mol qilingan shakar bolaga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

15 sen, 19:23 1 904 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Homiladorlikda ortiqcha iste’mol qilingan shakar bolaga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Foto: Getty Images
Amerikalik olimlar olib borgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, homilador ayol ko‘p shakar iste’mol qilsa, bolaning kognitiv qobiliyatiga salbiy ta’sir qiladi. Bu, ayniqsa, xotira va o‘rganishda aks etadi. Kognitiv qobiliyat insonning bilim salohiyati bo‘lib, xotira, diqqat, sezish, tasavvur qilish, fikrlash, nutq, ko‘rish kabi jarayonlardan iborat. Bular insonga ma’lumotlarni qabul qilish, to‘plash, saqlash, tahlil qilish, o‘rganish imkonini beradi.

Homiladorlarning shakar, ayniqsa, tarkibida shakar ko‘p bo‘lgan turli ichimliklarni ichishi olimlarni tashvishlantirmoqda. Glyukoza miya uchun asosiy energiya manbai bo‘lishiga qaramay, uning ortiqcha miqdori miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Xo‘sh, homiladorlik va bolalikda bu qanday namoyon bo‘ladi? Ushbu tadqiqotning maqsadi homiladorlarning shakar iste’mol qilishi va bolalarning kognitiv funksiyasi orasidagi bog‘liqlikni o‘rganish edi. Tadqiqotchilar 1000 dan ortiq homiladorlarning ratsionini o‘rganib chiqdi va 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning aqliy qobiliyatini «Kaufman testi» deb nomlangan maxsus sinovlardan o‘tkazdi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, olimlar quyidagi xulosalarga keldi:

Bo‘lajak onaning shakar va tarkibida ko‘p shakar bo‘lgan gazlangan ichimliklar iste’mol qilishi oqibatida og‘zaki xotira yaxshi rivojlanmagani, harakatchanlikning kamligi, atrofni vizual idrok qilish va eslab qolish yomonlashgani, yuz ifodasi, ishora, intonatsiya bilan bajariladigan ko‘nikmalarning va nutqda lug‘at boyligining cheklangani hatto 7 yashar bolalarda ham kuzatilishi aniqlandi.

Aksincha, meva va sabzavot iste’mol qilganlarning maxsus test sinovlari bo‘yicha natijalari yuqori darajali bilim, so‘z boyligining ko‘pligi va og‘zaki xotiraning yaxshiligini ko‘rsatdi. Tadqiqotchilar bu meva iste’mol qilish, mevalarda nafaqat fruktoza, balki ko‘plab boshqa modda va antioksidantlar borligi bilan bog‘laydi.

Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 126
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 301
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 151
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 341
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 229
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar