“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 05:43
ЎЗO‘Z

Qirq yoshdan keyin oson ozish bo‘yicha 7 tavsiya

06 sen, 18:20 2 411 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qirq yoshdan keyin oson ozish bo‘yicha 7 tavsiya Foto: «Domashniy ochag»
Yosh o‘tishi bilan metabolizm sekinlashadi, turmush tarzi ham avvalgidek faol bo‘lmaydi. 40 yoshdan keyin qomat bilan bog‘liq muammolar kuzatilmasligi uchun nimalarga amal qilish kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Yetarlicha ovqatlaning
Ozish uchun kundalik ratsionni keskin qisqartirish kerakligi yanglish tushuncha. Avvaliga siz kutgan natija kuzatilishi va bu sizni xursand qilishi, ammo keyinchalik muammolar ko‘zga tashlanishi mumkin. Gap shundaki, organizm stresslarni xush ko‘rmaydi. To‘satdan ovqatlanish bilan bog‘liq yetishmovchilik kuzatilganda bor kuchi bilan yog‘ning yo‘qolishiga qarshilik qiladi. Shuni hisobga olgan holda ochlikni his qilmaslik uchun qancha kerak bo‘lsa, shuncha ovqatlaning.

Nonushta qilishni unutmang
Nonushta qilmaydigan ayollar tonggi tanovulni o‘tkazib yubormaydiganlarga nisbatan 4-5 marta ko‘proq semirishdan aziyat chekadi. Kunning birinchi qismida organizmga kirgan kaloriya deyarli butkul energiyaga aylanadi, qolaversa, yaxshilab qilingan nonushta uzoq vaqt to‘q yurishga hissa qo‘shadi. Shuningdek, aynan nonushta faol turmush kechirish uchun zarur bo‘lgan energiya bilan ta’minlaydi, bu esa salomatlik va go‘zal qomat uchun muhim sanaladi.

Choy yoki qahva iching
Kun davomida uch finjon qahva yoki choy ichilsa, moddalar almashinuvi 5-8 foizga jadallashadi, natijada hech nima qilmay turib ham qo‘shimcha 98-174 kaloriya sarflash mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, yangi damlangan choyning atigi bir piyolasi metabolizmni 12 foizga jadallashtiradi.

Ko‘p suyuqlik ichish
Kun davomida 6 stakan sovuq suv ichilsa, kun davomida 50 kaloriya sarflanadi, yil davomida esa 2,5 kiloga ozish mumkin bo‘ladi. Undan ham yaxshiroq natijaga erishishni istangiz, sovuq suv ichishni kanda qilmang. Tana haroratini me’yoriy darajaga keltirish uchun organizm qo‘shimcha energiya sarflaydi.

Oqsilga boy mahsulotlarni iste’mol qiling
Har bir taomning oqsilga boy bo‘lishi mushaklar uchun foydali bo‘ladi, ortiqcha kaloriyani sarflash jarayoni 35 foizga jadallashadi.

Ratsioningizdan D vitaminiga boy mahsulotlar o‘rin olsin
Yog‘li baliq, tuxum, sut va dengiz mahsulotlari, shuningdek, quyosh nurlari ushbu foydali vitaminning koni sanaladi. Metabolizmning qanchalik jadal ekani bevosita ushbu vitamin bilan bog‘liq bo‘ladi. Agar ratsionda D vitaminiga boy mahsulotlar miqdori yetarli bo‘lmasa, moddalar almashinuvi sezilarli darajada kamayadi.

Sut ichishni kanda qilmaslik
Ayrim tadqiqotlarda aniqlanishicha, kalsiy tanqisligi moddalar almashinuvining jadalligiga salbiy ta’sir qiladi. Ratsionda sut mahsulotlaridagi yog‘larning yetishmasligi sabab 40 yoshdan keyin kalsiy tanqisligi ko‘p kuzatiladi. Shuning uchun har kuni tvorog, yogurt iste’mol qiling. Sut ichishni kanda qilmang — sut mahsulotlari organizmda kaloriyani energiyaga almashtirishga yordam beradi, shuningdek, boshqa mahsulotlar tarkibida organizmga kiradigan zararli yog‘lardan himoya qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 213
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 135
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 325
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 176
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 368
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 255
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 36
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 49
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 23
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 23
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 73
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 67
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 59
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 43
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 95
  • Bo‘limlar