“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 16:28
ЎЗO‘Z

Asalning salomatlik uchun 4 foydasi

29 iyul, 20:43 4 504 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Asalning salomatlik uchun 4 foydasi
Foto: «Domashniy ochag»
Asal salomatlik uchun muhim bo‘lgan vitamin hamda mikroelementlarni o‘zida mujassam qiladi. Mikrob va yallig‘lanishga qarshi tabiiy vosita hisoblangan ushbu mahsulotning bir necha yuz xili mavjud.

Qanday asal yaxshiroq bo‘ladi?
Yangi, filtrlanmagan hamda qayta ishlanmagan — to‘g‘ridan-to‘g‘ri ari uyasidan olingan asal antibakterial va antioksidantlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Asalning bunday turi salomatlikni yaxshilash uchun mahalliy qo‘llashda qo‘l keladi. Iste’mol borasida esa qayta ishlangan — mayda zarrachalar va gulchangidan tozalangan asaldan foydalangan yaxshi. 2012 yilda o‘tkazilgan tadqiqotlarda filtrlangan asalning xususiyatlari yuqorida ta’kidlangan variantdan unchalik kam emasligi aniqlangan. Qolaversa, bunday asalni iste’mol qilish yanada yoqimli.

Foydali xususiyatlari
Oshqozondagi muammolardan tortib, allergiya, shamollash va teri infeksiyalarigacha bo‘lgan kasalliklarni asal bilan davolash mumkin. Shunga qaramay, buning ilmiy isboti yo‘q ekanligini ham inobatga olish kerak. Tadqiqotlarda aniqlangan asalning foydali xususiyatlari haqida esa quyida ma’lumot berib o‘tamiz.

Miya faoliyati uchun foydali
Asalni har kuni 3 choy qoshiqdan iste’mol qilish menopauzadan keyingi davrdagi ayollarning xotirasini yaxshilashga hissa qo‘shadi. 2011 yil «Menapause» jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda, ishtirokchilarning xotirasi asal iste’mol qilgandan 16 hafta o‘tib estrogen va progestin gormonal terapiyasi bilan davolangan bemorlarniki singari yaxshilangani ta’kidlangan.

Yo‘talni kamaytiradi
2012 yil Pediatrics jurnalida e’lon qilingan maqolada esa yuqori nafas yo‘llari infeksiyasidan aziyat chekadigan bolalar uyquga yotishidan 30 daqiqa avval evkalipt, sitrus yoki shifobaxsh giyohli (rozmarin, tog‘jambil hamda yalpiz) asal iste’mol qilganidan keyin platsebo qabul qilganlarga nisbatan kam yo‘talgani va yaxshiroq uxlagani ma’lum qilingan.

Yara va tirnalishlarni bitishiga yordam beradi
Asaldan yara-chaqalarni bitiruvchi surtma sifatida foydalansa ham bo‘ladi. 2017 yilda o‘tkazilgan tadqiqotda antibakterial xususiyati sabab asal yarani dezinfeksiya qilishi, yallig‘lanishni kamaytirib, to‘qimalarning tez regeneratsiyaga hissa qo‘shishi ta’kidlangan. Tadqiqotchilar asal surtilgan bog‘lamni yaraga qo‘yish zararlangan tana qismiga asal surtishdan samaraliroq ekanini aniqlagan

Kuyishda yordam beradi
Qaynab turgan suvning bug‘i, qizib turgan soch turmaklaydigan vositalar va quyosh nuridan kuyganda asal surtish tavsiya qilinadi. 2013 yilda o‘tkazilgan tadqiqotda ushbu mahsulot diskomfortni kamaytirib, terini tinchlantirishi hamda tez bitishiga yordam beradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 71
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 107
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 278
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 189
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 250
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 399
  • So'nggi yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 23
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 59
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 20
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 73
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 70
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 80
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 41
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 286
  • Bo‘limlar