“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 14:05
ЎЗO‘Z

Uyali telefon zararidan himoyalanishda yordam beradigan 4 qoida

12 iyun, 19:36 2 959 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Uyali telefon zararidan himoyalanishda yordam beradigan 4 qoida
Foto: «Domashniy ochag»
Tadqiqotchilar uyali telefondan foydalanish haqiqatan ham saraton xastaligi rivojlanish xavfini oshirishi borasida bir fikrga kelmaganlar: shu paytgacha olib borilgan tadqiqotlar telefondan nurlanishning ayrim turlari va xavfli o‘smalarning kamida ikki turi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi, ammo hozircha aniq xulosa yo‘q. Ammo Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislarining ogohlantirishicha, doimiy ravishda mobil telefondan foydalanish boshqa kasalliklar xavfini oshirishi mumkin. Xavfni kamaytirish va sog‘lig‘ingizni himoya qilish uchun bir necha ko‘rsatmalarga amal qiling.

Dezinfeksiya qilishni unutmang
Smartfon biz har kuni ishlatadigan eng iflos narsalardan biridir. Kun davomida uning yuzasida millionlab xavfli bakteriyalar to‘planib, uyali telefonni yuzimizga yaqinlashtirganimizda nafas olish tizimiga tushishi mumkin. Bu, ayniqsa, nafas olish yo‘llari va virusli kasalliklar epidemiyasi davrida juda xavflidir: viruslar oson tarqaladi va kasallik tashiydi. Koronavirus tarqalishi ko‘paygan hozirgi vaqtda kuniga bir necha marta telefoningizni spirt va dezinfeksiyalovchi suyuqliklar bilan tozalang. Shu bilan birga, shifokorlar uyali telefondan foydalangandan so‘ng qo‘llarni sovunlab yuvish yoki antibakterial vosita bilan artishni maslahat berishadi.

Uyqudan oldin telefon ishlatmang
Uyali telefonlardan chiqadigan moviy nur melatonin ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Melatonin — bu organizmda biologik ritmlarni tartibga soluvchi va sog‘lom metabolizmni ta’minlaydigan gormon hisoblanadi. Uxlashdan oldin uyali telefondan foydalanilganda (ayniqsa, qorong‘ida) melatonin ishlab chiqarish to‘xtaydi va uyqu buziladi. Uyqu yetishmasligi juda xavflidir: kuniga 7-8 soatdan kam uxlaydigan odamlarda semirish, saraton, Alsgeymer kasalligi va depressiya xavfi ortadi.

Iloji boricha naushnikdan foydalaning
Telefonda gaplashganda ko‘pincha boshimizni egib olamiz. Bunday holatda normal qon aylanishiga xalaqit beramiz, bu esa bosh og‘rig‘iga, uyqu buzilishiga, diqqatni jamlashda qiyinchiliklarga va boshqa kasalliklarga olib kelishi mumkin. Shifokorlar naushnikdan foydalanishni yoki hech bo‘lmaganda gaplashayotganda o‘z holatingizni kuzatib borishni maslahat berishadi.

Suhbatlarni minimal darajada kamaytirishga harakat qiling
Yozish imkoniyati bo‘lsa, qo‘ng‘iroq qilmaslik nafaqat zamonaviy mobil odob-axloq qoidalari, balki sog‘liq uchun ham zarurdir. Mobil radiatsiya xavfsizligi to‘liq tasdiqlanmaguncha shifokorlar uyali telefondan foydalanish vaqtini iloji boricha qisqartirishni maslahat berishadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 92
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 262
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 131
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 309
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 209
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 270
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 21
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 30
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 16
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 36
  • Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi 30 apr, 11:30 135
  • Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi 30 apr, 11:13 70
  • Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi 30 apr, 10:50 25
  • O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin 30 apr, 10:26 24
  • Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi 30 apr, 10:01 147
  • Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi” 30 apr, 09:55 82
  • Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi 30 apr, 09:15 156
  • AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti 30 apr, 09:09 91
  • Bo‘limlar