“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 17:35
ЎЗO‘Z

Har kuni zanjabil iste’mol qilinganda organizmda ro‘y beradigan 6 ta o‘zgarish

06 мая, 16:00 2 520 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Har kuni zanjabil iste’mol qilinganda organizmda ro‘y beradigan 6 ta o‘zgarish
Foto: Marie Claire
Yaqin vaqtlar ichidan to‘g‘ri ovqatlanish mutaxassislari zanjabilning afzalliklari haqida tez-tez takrorlamoqda. Xo‘sh, ushbu mahsulot organizmga qanday ta’sir o‘tkazadi va uning foydalari nimadan iborat?

Zanjabil nafaqat ta’mi bilan, balki tana uchun foydali hisoblangan xususiyatlari bilan ham mashhur. Shuningdek, saraton kasalligining rivojlanish xavfini kamaytirish, immunitetni mustahkamlash, ovqat hazm jarayonini normallashtirish kabi dorivor sifatlarga ham ega.

Saraton xavfini kamaytiradi
Tadqiqotlar shuni isbotladiki, zanjabil mahsulotning o‘tkir ta’mi uchun mas’ul bo‘lgan gingerol moddasini o‘z ichiga olgan holda saraton kasalligini rivojlanish ehtimolini kamaytirishga yordam beradi. Tadqiqotlar olib borishda davom etilayotgan bo‘lsa-da, shunisi aniqki, zanjabilni tez-tez iste’mol qilish zarur.

Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi

Foto: Marie Claire
Zanjabil ovqat hazm qilish tizimiga ham ijobiy ta’sir o‘tkazib, ichaklar yallig‘lanishining oldini oladi. Bundan tashqari ko‘ngil aynishini kamaytirishga yordam ham beradi, chunki u tabiiy antibiotikdir.

Og‘riqni kamaytiradi
Olimlarning fikricha, 11 kun davomida 2 grammdan zanjabilni qabul qilgan insonlar mushaklardagi og‘riqni sezilarli darajada kamayganini ma’lum qildi. Mahsulotning boy tarkibi tufayli tabiiy og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida ham foydalanish mumkin.

Qonda shakar miqdorini me’yorlashtiradi
2015 yilda olib borilgan tadqiqotda qandli diabetning ikkinchi toifasiga chalingan 41 bemor kuniga 2 grammdan zanjabil iste’mol qilgach, qondagi shakar miqdori 12 foizga kamaygan. Garchi mutaxassislar zanjabilning foydalarini isbotlashda hali ham davom etayotgan bo‘lsa-da, dastlabki natijalar qondagi shakarga ta’sirini ko‘rsatdi. Ilm-fan zanjabilni qandli diabet uchun yaxshiroq foyda berishidan umid qilmoqda.

Foto: Marie Claire
Alsgeymer kasalligidan himoya qiladi
Alsgeymer bugungi kunda ko‘pchilik duch keladigan eng dahshatli kasalliklardan biridir. Ushbu kasallikning davosi ham hanuzgacha topilmagan. Surunkali yallig‘lanish va stress kasallikning qo‘zg‘atuvchisi deb hisoblanmoqda, ammo ba’zi hayvonlarda olib borilgan tekshiruvlar shuni ko‘rstadiki, zanjabil mazkur jarayonlarni sekinlashtirishi mumkin.

Vaznni kamaytiradi
Dunyo bo‘ylab odamlar imkon qadar ozishga harakat qilmoqda. Zanjabilni iste’mol qilish esa vaznni kamaytirishga yordam beradi. Chunki u metabolizmni rag‘batlantiradi va hamisha to‘qlik hissini beradi.

Foto: Marie Claire
Shuni yodda tutish kerakki, har qanday mahsulot singari zanjabil ham qarshi ko‘rsatmalarga ega. Shuning uchun uni gastrit, oshqozon yarasi, oshqozon-ichak trakti, jigar, yurak qon-tizimi kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar iste’mol qilmasligi kerak. Bundan tashqari, zanjabilni homiladorlik va emizikli davrda iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Agar yuqorida sanab o‘tilgan bir necha kasalliklardan biri bo‘lsa ham, zanjabil iste’mol qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashish zarur.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 149
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 126
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 304
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 154
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 344
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 234
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 1
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 63
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Bo‘limlar