“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 00:27
ЎЗO‘Z

Jigar sirrozi qanday kasallik va unga xos qanday yashirin simptomlar bor?

11 apr, 14:00 3 897 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jigar sirrozi qanday kasallik va unga xos qanday yashirin simptomlar bor? Foto: Freepik
Jigarning butkul ishdan chiqishiga olib keladigan sirroz kasalligi nafaqat spirtli ichimlikka mukkasidan ketgan kishilar, balki boshqalarda ham kuzatilishi mumkin.

Jigar sirrozi qanday kasallik?
Sirroz bu istalgan surunkali jigar kasalligining eng so‘nggi bosqichi. Bunda infeksiya, spirtli ichimlik va boshqa sabablar ta’siri ostida jigar hujayralari o‘ladi va o‘rnini biriktiruvchi to‘qimalar egallaydi. Oqibatda jigar o‘z vazifasini bajara olmaydi, ichki qon aylanishi ishdan chiqib, jigar yetishmovchiligi rivojlanadi.

Sirroz rivojlanishiga nima sabab bo‘ladi?
80 foiz hollarda sirroz spirtli ichimlik sabab kelib chiqqani bilan ayrim paytlarda uni og‘ziga olmagan odamda ham kasallik kuzatilishi va bunga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:

- surunkali virusli gepatit (B, C);
- o‘t yo‘li kasalliklari;
- dorilardan va kimyoviy zaharlanish;
- ratsionda oqsil va vitaminlarning surunkali tanqisligi;
- moddalar almashinuvi bilan tug‘ma jiddiy muammolarning borligi.

Jigar sirrozini qanday qilib payqash mumkin?
Kasallik uch bosqichda bo‘ladi. Deyarli simptomsiz kechadigan birinchi bosqichdagi kasallikni faqatgina tahlillar bilan aniqlash mumkin. Bilirubin miqdori ortib, protrombik ko‘rsatkichining miqdori pasayadi. Agar kasallik shu bosqichda aniqlansa, parhez va turmush tarzini o‘zgartirish orqali uning rivojlanishini sekinlashtiradi. Ikkinchi bosqichida ham kasallikning rivojlanib ketishini sekinlashtirsa bo‘ladi. Aynan shu sabab ham quyidagi simptomlar kuzatilganda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.

- holsizlik;
- apatiya (loqaydlik);
- bosh og‘rig‘i;
- ko‘ngil aynishi;
- diareya;
- o‘ng qovurg‘a ostida diskomfot;
- burun qonashi;
- milklarning qonashi;
- soch to‘kilishi.

Uchinchi bosqich terminal hisoblanadi. Bunda faqat biriktiruvchi to‘qimalardan iborat bo‘lib qolgan jigar bironta ham vazifani bajara olmaydi va sirrozga xos keng tarqalgan simptomlar: terining sarg‘ayishi, qorinning shishishi va kattalashishi, yuz va oyoqlar shishishi kuzatiladi.

Sirrozni davolash mumkinmi?
Ushbu kasallikning davolashning yagona radikal usuli – jigar ko‘chirib o‘tkazish hisoblanadi. Lekin birinchi yoki ikkinchi bosqichlarida aniqlansa uni sekinlashtirish va rivojlanishini oldini olish mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 118
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 284
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 139
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 330
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 221
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 284
  • So'nggi yangiliklar
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 4
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 12
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 10
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 8
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 90
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 18
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 78
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 57
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 52
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 22
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 18
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 71
  • Bo‘limlar