“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 10:12
ЎЗO‘Z

Keyin kech bo‘ladi: Tromb paydo bo‘layotganidan darak beruvchi 7 simptom

26 mar, 18:43 3 624 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Keyin kech bo‘ladi: Tromb paydo bo‘layotganidan darak beruvchi 7 simptom Foto: Freepik
Qonning hadda ortiq quyilishi tufayli paydo bo‘ladigan tromb inson hayoti va salomatligi uchun xavfli. Aynan shu sabab ham unga xos simptomlarni vaqtida payqash va shifokorga murojaat qilish muhim sanaladi.

Oyoqlarda tomir tortishishi
Ma’lum bo‘lishicha, oyoqlarida tromb bo‘lgan bemorlar avvalroq tomir tortishish kuzatilganidan shikoyat qilgan. Bu holat sizda ham kuzatiladigan bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling.

Oyoqlarda sanchiq
Oyoq va qo‘llarning bir yoki ikkisida sanchiq kuzatiladigan bo‘lsa, mutaxassis ko‘rigidan o‘tishi kerak. Chunki bu trombga xos klassik simptom hisoblanadi.

Teri rangining oqarishi
Tromb qon sirkulyatsiyasini qiyinlashtirgani sabab ham terining ayrim qismlarida oqarish kuzatiladi. Agar bir oyog‘ingizda boshqasidan ko‘ra oqarish kuzatiladigan bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling, chunki bu salomatligingizda muammo borligidan darak berayotgan jiddiy signal bo‘lishi mumkin.

Teri haroratining o‘zgarishi
Salomatlikdagi mazkur muammo paydo bo‘layotganidan ogohlantiruvchi belgilardan yana biri teri haroratining o‘zgarishi hisoblanadi. Qon aylanishining yomonlashishi sabab tromb paydo bo‘layotgan soha atrofidagi harorat sovuq yoki issiq bo‘lishi mumkin.

Belda og‘riq
Ko‘pchilik belida og‘riq kuzatilayotgan bemorlar tromb rivojlanayotganidan bexabar bo‘ladi. Ammo aksariyat hollarda to‘plangan qon og‘riq bilan namoyon bo‘ladi.

Haddan ortiq ter ajralishi
Yuqoridagi boshqa simptomlar bilan birga namoyon bo‘ladigan ter ajralishi xavotirlanishingizga jiddiy sabab bo‘la oladi. Chunki bu yurak yoki o‘pka sohasida tromb shakllanayotganidan darak beradi.

Nafas qisishi
Nafas qisishi o‘pkada tromb rivojlanayotganidan ogohlantiruvchi belgilardan biri. Shu sabab ham bunday o‘zgarish kuzatilganda zudlik bilan shifokorga borish kerak.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 218
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 135
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 326
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 177
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 370
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 256
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 172
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 154
  • Bo‘limlar