“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 20:16
ЎЗO‘Z

Yurakni hujumlardan asrang: yurak xurujini keltirib chiqaradigan 7 omil

19 mar, 12:17 3 403 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yurakni hujumlardan asrang: yurak xurujini keltirib chiqaradigan 7 omil Foto: «Domashniy ochag»
Inson yoshi o‘tgan sayin yurakka ko‘proq e’tibor qaratish kerak. Chunki aynan yurak qon-tomir tizimi kasalliklari bevaqt o‘limning asosiy sababi bo‘lib qolmoqda. Yurak xurujining dastlabki belgilaridan xabardor bo‘lish har bir inson uchun muhim. Shuningdek, xuruj ehtimolini sezilarli darajada oshirishi mumkin bo‘lgan ogohlantiruvchi omillarni ham bilib olish zarur.

Asabiylik
Stress va turli xil ko‘ngilsizliklar jiddiy tashvishga solsa, xafa qilsa, buning natijasida g‘azablanish, asabiylashish holati kuzatilsa, ko‘proq yurak salomatligiga e’tibor qaratish lozim. Avstraliya universiteti tadqiqotchilari yurak xurujiga uchragan 313 bemorda alomatlar kuzatilishidan avval ularning asabiylashish darajasi to‘g‘risida so‘rov o‘tkazdi. Ular bemor qattiq g‘azablangandan keying ikki soat ichida yurak xuruji ro‘y berishi 8,5 baravar yuqori ekanini aniqladi. Natijada inson qanchalar tez asabiylashsa, yurak xurujiga chalinish ehtimoli shuncha yuqori bo‘lishi ma’lum qilindi.

Kompyuterda ishlash
Bu, ayniqsa, kompyuter qarshisida kuni bo‘yi ishlaydigan ofis xodimlariga tegishli. 6 soatdan ko‘p vaqt kompyuter bilan ishlash yurak xuruji xavfini 125 foizga oshiradi. Bularning barchasi, albatta, harakatsiz hayot tarzi, shuningdek, stress va miyadagi katta miqdordagi ma’lumotni qayta ishlashga majbur qiladi. Agar kasbni o‘zgartirish imkoniyati yoki istagi bo‘lmasa, unda kamida har soatda 10 daqiqaga tanaffus qilish lozim va kun oxirida sayrga chiqish, meditatsiya bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi.

Uyqusizlik
Agar uyqu kuniga 7 soatdan kam bo‘lsa, ikki hafta yoki undan ko‘proq muddat ichida yurak xuruji xavfi besh baravarga ko‘payadi. Shuning uchun uyquning me’yorda bo‘lishi salomatlik uchun ham foydalidir.

Havoning ifloslanishi
Ko‘cha-ko‘ydagi tutun nafaqat o‘pka, balki yurak uchun ham zararli bo‘lishi mumkin. Havoning yuqori darajada ifloslangan hududida istiqomat qilish yurak xuruji ehtimolini 70 foizga oshiradi.

Ajrim
Dyuk universiteti tibbiyot fakulteti tadqiqotchilari kamida bir marta turmush qurgan 45 va 80 yosh oralig‘ida bo‘lgan 16000 ga yaqin erkak va ayol o‘rtasida 18 yillik tadqiqot o‘tkazdi. Tadqiqotchilar har ikki yilda bir marta ularning oilaviy ahvoli va salomatligini baholadi. Ajrashgan ayollarning yurak xuruji ehtimoli turmushi buzilmaganlarnikiga qaraganda 25 foizga ko‘pligi aniqlangan. Ikki yoki undan ko‘p marotaba ajrashganlarda esa ushbu kasallik 77 foizga oshgan.

Gripp
Yurak xuruji grippning eng keng tarqalgan asoratlaridan biridir. «Yangi Angliya» tibbiyot jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni ma’lum qildiki, gripp boshlangandan bir hafta o‘tgach, yurak xuruji xavfi 6 baravarga oshadi. Shuning uchun kasallik vaqtida holatni kuzatish va tuzalgandan so‘ng kamida ikki hafta mobaynida asabiylashish va stressga duchor bo‘lmaslik kerak. Agar buning imkoni bo‘lmasa, darhol shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Oila tarixi
Yurak kasalliklari qarindoshlar o‘rtasida meros bo‘lib qolishi ham mumkin. Agar ota-ona, bobo yoki undan avvalgi ajdodlarda yurak xuruji kasalligi mavjud bo‘lgan bo‘lsa, demak avlodlarda ushbu kasallik taxminan 10 foizga oshishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 191
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 133
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 309
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 162
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 353
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 245
  • So'nggi yangiliklar
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 26
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 71
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 40
  • Bo‘limlar