“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 09:21
ЎЗO‘Z

Yurak xuruji yuz berguniga qadar bilish kerak bo‘lgan ushbu kasallikka oid 6 fakt

28 fev, 20:53 3 100 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yurak xuruji yuz berguniga qadar bilish kerak bo‘lgan ushbu kasallikka oid 6 fakt Foto: Freepik
Yurak xuruji erkaklarga xos kasallik sanalgani bilan ayollarda ham tez-tez kuzatilib turadi va ikki jins vakillaridagi simptomlar bir-biridan farq qiladi. Shu sabab ham unga xos belgilar haqida ma’lumotga ega bo‘lish hamda salomatlikda muammo kuzatiladigan bo‘lsa, jiddiy chora ko‘rish kerak.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?
Bunday vaziyatda qancha erta e’tibor berib, mutaxassisga murojaat qilinsa, shuncha yaxshi. Aksariyat hollarda yurak xuruji yuz berganidan keyingi birinchi soatda o‘lim holatlari ko‘plab kuzatiladi. Ko‘krak sohasida og‘riq, nafas qisishi, og‘riqning qo‘l yoki belga berishi ushbu kasallikka xos keng tarqalgan belgilar sanaladi. Qolaversa, gastritni esga soladigan oshqozon atrofida, bo‘yin, yelka hamda chakkada kuzatiladigan og‘riqlar, shuningdek, qo‘rquv va xavotir hissi ham yurak xurujining alomatlari bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda og‘riq o‘tib ketishini kutib o‘tirmaslik, har daqiqa hal qiluvchi bo‘lishi mumkinligini yodda tutish kerak.

Ko‘krak sohasidagi og‘riq yurak xurujida har doim kuzatiladimi?
Ko‘krak sohasidagi og‘riq eng ko‘p tarqalgan, ammo hammada ham kuzatilavermaydigan simptom sanaladi. Qolaversa, aynan ayollarda yurak xuruji ko‘krak sohasida qattiq og‘riqsiz, asosan diskomfort his qilish va yengil og‘riq bilan kechishi ko‘p marta takrorlangan.

Infarkt bo‘lish va buni bilmay qolish mumkinmi?
Qandli diabetdan aziyat chekadigan bemorlarda ushbu xavf kuzatilishi ehtimoli yuqori, ammo «sokin» yurak xuruji har kimda ham yuz berishi mumkin. Ko‘ngil aynishi, nafas qisishi va holsizlik infarktga xos eng ko‘p tarqalgan simptomlar sanaladi.

Yurak xuruji yuz berishi asosan qanday vaqtda sodir bo‘ladi?
Statistika ma’lumotlariga qaraganda, yurak xuruji tonggi 6 dan kun yarmiga qadar boshqa vaqtga qaraganda 40 foiz ko‘proq kuzatiladi. Bundan tashqari, aynan shu vaqtda mazkur kasallikdan vafot etish holati 29 foizga ko‘proq yuz beradi.

Yurak xurujiga xos simptomlar sizda yuz berayotgan bo‘lsa, nima qilish kerak?
Birinchi navbatda tez yordamni chaqirib, tinchlanishga harakat qiling. Qulay vaziyatni egallang: o‘tiring yoki yoting. Bir dona aspirin tabletkasini qabul qiling. Uyda yolg‘iz bo‘ladigan bo‘lsangiz, eshik qulfini ochib qo‘ying, qo‘shnilaringiz yoki do‘stlaringizdan biriga xabar bering. Hech narsa yemang va ichmang.

Yurak xuruji sodir bo‘lganidan keyin sport bilan shug‘ullansa bo‘ladimi?
To‘g‘ri bajariladigan mashqlar takror yuz berishi mumkin bo‘lgan xavfning oldini oladi va arteriyalarning mustahkamlanishiga hissa qo‘shadi. Shifokor bilan maslahatlashing, uning ko‘rsatmasiga binoan sport bilan shug‘ullaning. Suzish, piyoda yurish va velosipedda sayr qilish bu borada yaxshi samara berishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 126
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 302
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 151
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 341
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 232
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar