“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 23:35
ЎЗO‘Z

Uxlashdan avval nima qilib bo‘lmaydi?

25 fev, 00:23 3 497 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Uxlashdan avval nima qilib bo‘lmaydi? Foto: Freepik
Kishi o‘zini qanday his qilishi, immunitet mustahkamlanishi uchun uyquning ahamiyati katta. Tinch va tiniqib uxlash uchun esa ayrim qoidalarga amal qilish va ba’zi odatlardan voz kechish kerak.

Yog‘li taom iste’mol qilish
Kechki ovqat og‘ir va yog‘li bo‘lsa, tongda holsizlik hamda kishi o‘zini yomon his qilishi kuzatilishi mumkin. Qolaversa, tunda kaloriyaga boy va hazm qilishga qiyin ovqat iste’mol qilinganda oshqozon zo‘riqib ishlashiga to‘g‘ri keladi. Qorindagi og‘irlik esa uxlashga xalaqit qilishi mumkin.

Gadjetlardan foydalanish
Siz uxlashdan avval qo‘lingizdan qo‘ymagan telefon ekranidagi ko‘k nurlar miyani ko‘proq ishlashga majbur qiladi. Buning hisobiga hatto yarim kechasi ham uxlash qiyin bo‘ladi.

Kardiomashqlar bajarish
Doimiy jismoniy mashqlar uyquni yaxshilashi mumkin, ammo og‘ir mashqlar tabiiy bioritmga salbiy ta’sir qilib, organizmni yanada tetiklashtiradi. Bu esa, tabiiyki, uxlash qiyinlashishiga olib keladi. Tun osoyishta va tashvishsiz o‘tishi uchun sport bilan uyqudan 3 soat avval shug‘ullaning.

Ishlash
Ishlarni uyqudan bir soat avval tugatishga va bu vaqt davomida tinchlanib, ortiqcha narsalar haqida o‘ylamaslikka harakat qiling. Miyangizda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar haqida o‘y qalashib yotadigan bo‘lsa, uxlash qiyinlashadi.

Kofein va spirtli ichimlik iste’mol qilish
Tarkibida kofein bo‘lgan mahsulotlarni uyqudan kamida ikki soat avval ichish kerak. Shuningdek, ushbu qoida spirtli ichimliklarga ham taalluqli. Yo‘qsa, uyqu notinch bo‘ladi.

Emotsional zo‘riqish
Uyqudan oldin biror mavzuda jon kuydirib muhokama qilish, bahslashish va televizor orqali emotsional o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan filmlarni ko‘rish sizni tinchlantirmasligi aniq. Shu sabab ham yotishdan avval o‘zingizga asabiylashtirmaydigan sharoit yaratishga harakat qiling. Kitobsevarlarga yengil novella o‘qish tavsiya qilinadi. Giyohlardan tayyorlangan shifobaxsh choy iching, issiq vanna qabul qiling va bir nechta yengil mashqlarni bajaring. Shunda uyqungiz tiniq bo‘ladi va ertalab kuchga to‘lib uyg‘onasiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 167
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 128
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 305
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 157
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 347
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 237
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 0
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 2
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Bo‘limlar