“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 05:51
ЎЗO‘Z

Pul sarflash shart emas: Salomatlikni sezilarli darajada yaxshilaydigan 9 odat

16 fev, 20:35 2 591 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Pul sarflash shart emas: Salomatlikni sezilarli darajada yaxshilaydigan 9 odat Foto: Freepik
Kuch va energiyaga to‘la bo‘lish, kayfiyat a’lo va salomatlik bilan muammolar bo‘lmasligi uchun kundalik bajariladigan odatlarning hissasi katta, deb yozadi "Daryo" nashri.

Haftada uch kun sport bilan shug‘ullaning
Samara berishi uchun jismoniy mashqlarni muntazam ravishda amalga oshirish kerak. Haftada uch kun eng yaxshi variant hisoblanadi. Suzish, yugurish, zalga borishdan qay birini bajarish emas, qanday bajarish muhim sanaladi. Trenirovkadan keyin har safar stress kamayadi, kayfiyat esa ko‘tarilib, salomatlik yaxshilanadi.

Sabzavotlar yeyishni kanda qilmang
Kundalik ratsionning kamida yarmini sabzavotlar tashkil qilishi kerak. Yanada foydali bo‘lishi uchun esa ularni pishirmasdan yeyish lozim. Sabzavot va ko‘katlarni ish stolingiz oldiga qo‘yib, pista yoki qurt o‘rniga ermak sifatida iste’mol qiling, salomatligingizda sezilarli o‘zgarish yuz beradi.

Taomingizda ham sabzavotlar bisyor bo‘lsin
Nima tayyorlashdan qat’i nazar, sabzavot qo‘shishni yoddan chiqarmang. Pastaga ezilgan pomidor, omletga bulg‘ori qalampiri, go‘sht yoniga esa sabzavotlardan garnir tayyorlang. Bir hafta o‘tar-o‘tmas natija seziladi.

Ertaroq uyg‘oning
Kech uyg‘onadigan kishilarning boshqalarga nisbatan depressiya, qandli diabet va shamollashga moyilligi yuqori bo‘ladi. Salomatlik uchun muhim bo‘lgan tonggi yorug‘lik o‘rnini hech nima bosa olmaydi. Asta-sekin har kuni 10 daqiqa ertaroq turishga harakat qiling. Oradan bir oy o‘tib, stress bartaraf bo‘lishiga guvoh bo‘lasiz.

Meditatsiya bilan shug‘ullaning
Meditatsiya nafaqat psixologik, balki jismoniy salomatlik uchun ham muhim sanaladi. Meditatsiya bilan har kuni 10 daqiqa shug‘ullanish davomida qon bosimi pasayadi, uyqu yaxshilanadi.

Yostig‘ingizni almashtiring
Shifokorlar har ikki yilda yostiqni almashtirib turish kerakligini ta’kidlaydi. Sababi unda turli zamburug‘ va bakteriyalar to‘planishi mumkin.

Shokolad iste’mol qiling
Tarkibida kakao bisyor bo‘lgan qora shokolad organizmga, asab va qon-tomirlar tizimiga ijobiy ta’sir qilibgina qolmay, ozishga ham yordam beradi. Shu sabab kuniga uch-to‘rt bo‘lak shokolad iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Har kuni sayr qiling
Toza havodagi 15 daqiqalik sayr salomatlikka ijobiy ta’sir qiladi. Depressiyani bartaraf etishi, yurak faoliyatini yaxshilashi, tana a’zolarni kislorod bilan ta’minlashi bilan birga kayfiyat a’lo, energiyaga to‘la bo‘lishiga hissa qo‘shadi.

Liftdan foydalanmang
Kun davomida jismoniy faol bo‘lishning eng yaxshi yo‘li piyoda yurish va zinapoyadan chiqib-tushish hisoblanadi. Shu sabab ham lift va eskalatordan foydalanmaslikka harakat qiling.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 73
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 230
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 140
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 341
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 181
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 380
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 36
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 14
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 97
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 54
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 38
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 46
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 156
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 76
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 59
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 57
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 145
  • Bo‘limlar