“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 15:55
ЎЗO‘Z

Migrenga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan 4 mahsulot

13 fev, 14:30 1 987 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Migrenga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan 4 mahsulot Foto: Getty Images
Ba’zi mahsulotlar tarkibidagi moddalar bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaruvchi omil bo‘lishi mumkinligi isbotlangan. Ba’zilar uchun migrendan xalos bo‘lishda bir yoki ikki narsadan voz kechish yetarli bo‘lishi mumkin, kimdir uchun ushbu mahsulotlardan voz kechish yordam bermaydi va kimdir bu mahsulotlarni har kuni iste’mol qilsa ham umuman bosh og‘rig‘iga duch kelmaydi.

Qisqasi, hammasi odamning individual xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ammo quyidagi mahsulotlardan o‘zingizni cheklasangiz, vaziyat o‘zgarish-o‘zgarmasligini bilib olishingiz mumkin.

Kofein
Ro‘yxatdagi bahsli mahsulot bu — kofein. Chunki u ham bosh og‘rig‘ini qoldiradi, ham bunga sabab bo‘lishi mumkin. Qanday bo‘lishini tushuntirib beramiz. Bosh og‘risa, qahva ichasiz va og‘riq o‘tib ketadi. Ammo uzoq vaqt davomida, masalan, kuniga uch finjon qahva ichsangiz-u, birdaniga bir finjon bilan cheklanishga qaror qilsangiz, bosh og‘rig‘idan qutulolmaysiz. Shuning uchun ko‘p qahva ichish tavsiya etilmaydi: kofeinga qaramlik noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Spirtli ichimliklar
Migren spirtli ichimliklarni ichish jarayonida emas, balki ertasi kuni paydo bo‘lishi mumkin, ammo bu vaziyatni o‘zgartirmaydi. Kasallikning paydo bo‘lishi spirtli ichimliklar tarkibidagi turli xil mineral va organik moddalarga bog‘liq.

Sitrus mevalar
Bu kasalikka olib keluvchi keng tarqalgan sabablardan biri emas, ammo inkor qilib bo‘lmaydigan jihat ham bor. Ba’zi odamlarda sitrus mevalarning yuqori kislotaliligi migrenni keltirib chiqarishi mumkin.

Glutamat natriy
Biz har doim esdan chiqaradigan migren qo‘zg‘atuvchilardan biri. Glutamat natriy — ta’mni kuchaytiruvchi vosita, hozirda deyarli souslardan tortib shirinliklargacha qo‘shiladi. Ushbu modda asab tizimi va migrenni qo‘zg‘atadigan moddalardan tashkil topgan. Hozirda glutamatdan foydalanmaslikning deyarli imkoni yo‘q, lekin uning iste’molini kamaytirish mumkin. Faqat mahsulot yorliqlarini diqqat bilan o‘qing va iloji boricha ovqatni tabiiy narsalardan tayyorlashga harakat qiling.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 208
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 134
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 318
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 173
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 361
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 251
  • So'nggi yangiliklar
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 0
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 1
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 0
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 5
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 6
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 6
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 42
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 66
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 156
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 65
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 169
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 83
  • Bo‘limlar