“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 03:12
ЎЗO‘Z

Buyraklar ishdan chiqishiga sabab bo‘ladigan 6 odat

28 yanv, 14:23 4 136 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buyraklar ishdan chiqishiga sabab bo‘ladigan 6 odat Foto: Freepik
Inson salomatligi uchun muhim sanalgan buyraklar faoliyatida muammo kuzatilishi, yurak xuruji, insult va shunga o‘xshash jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilish
Sosiska, kolbasa va shu kabi qayta ishlangan mahsulotlar buyraklar faoliyati uchun juda xavfli sanaladi. Ularning tuzga boy ekani sabab buyraklar natriyga bas kelishi uchun zo‘riqib ishlashiga, shuningdek, ko‘p miqdorda kalsiy ajralib chiqishiga to‘g‘ri keladi. Kalsiy o‘z navbatida buyraklarda tosh paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Qon bosimini nazorat qilmaslik
Qon bosimining balandligi nafaqat buyraklar, balki organizmdagi barcha jarayonlar uchun ham xavfli hisoblanadi. Gipertoniya buyrakni qon bilan ta’minlaydigan qon-tomirlarni, shuningdek, ushbu a’zoning o‘zini ham jiddiy zararlanishiga sabab bo‘ladi. Shu sabab ham doimiy ravishda qon bosimini nazorat qilib turish va me’yordan ko‘tariladigan bo‘lsa, befarq bo‘lmasdan shifokorga murojaat qilish kerak.

Chekish
2012 yilda o‘tkazilgan tadqiqotda, 16 yil yoki undan ko‘p vaqt davomida sigaret chekishdan voz kechish, buyrak hujayralari saratoni xavfini 40 foizga kamaytirishi aniqlangan. Qolaversa, chekish qon-tomirlarni shikastlanishi va qon bosimi ko‘tarilishiga ham hissa qo‘shishi mumkin.

Kam suv ichish
Kuniga 1 yarim litrdan kam suv ichish salomatlikka yomon ta’sir qiladi. Suv ichmaslik organizmda natriy miqdori nazoratda bo‘lmasligi va qon bosimi o‘zgarishiga olib keladi. Shu sabab ham chanqashni kutib o‘tirmasdan, kuniga kamida 1 litr suv ichish kerak.

Og‘riq qoldiruvchi dori vositalarini me’yordan ortiq iste’mol qilish
Aksariyat yallig‘lanishga qarshi, ayniqsa tarkibida aspirin va ibuprofen bo‘lgan dori vositalari buyraklarning qon bilan ta’minlanishiga salbiy ta’sir qiladi va chandiqlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Shu sabab ham bu kabi dori vositalarini shifokor murojaatiga binoan qabul qilish, buyragida muammo bor kishilarga esa butkul voz kechish tavsiya qilinadi.

Xalq tabobati yo‘li bilan davolanish
Shifobaxsh o‘simliklar bilan o‘zini-o‘zi davolash, dori preparatlari bilan davolangandek xavfli bo‘lishi mumkin. Aksariyat shifobaxsh o‘tlarda organizm, xususan, buyraklar salomatligiga ta’sir qiladigan moddalar bo‘lishi mumkin. Shu sabab ham o‘simliklar bilan davolanishdan avval mutaxassis bilan maslahatlashish kerak.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 212
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 135
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 325
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 176
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 367
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 253
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar