“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 11:44
ЎЗO‘Z

Tovuq go‘shtidagi noxush hidni ketkazish usullari

22 yanv, 08:48 3 312 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tovuq go‘shtidagi noxush hidni ketkazish usullari Foto: Freepik
Muzlatkichdan olingan tovuqdan yomon hid kelishi uning ayniganini bildirmaydi. Ba’zida salafanga solingan tovuq muzlatkich polkasida tursa ham, dimiqib qolgani sabab shunday hid kelishi mumkin.

Tovuq go‘shtining hidini qanday qilib ketkazish mumkin?
Taom mazasi o‘zgarishiga ta’sir qilishi mumkinligi sabab ham paydo bo‘lgan hidni tayyorlashdan avval bartaraf qilish kerak.

Quyidagi mahsulotlar yordamida yomon hidni bartaraf qilish mumkin:
- Xantal
- Vino sirkasi yoki qizil vino
- Anor sharbati yoki anor sousi
- Margansovka
- Limon
- Kardamon, karri, rayhon, yong‘oq
- Quruq moychechak
- Tuz va shakar
- Sarimsoq
Tovuqni oqib turgan muzdek suvda yuving. Yaxshilab ishqalang, ustidagi yog‘ qatlami yomon hid chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bo‘laklarga bo‘lingan tovuq bo‘lagini nomiga margansovka solingan suvga solib qo‘ying. 3-4 soat davomida tuzli suvga solib qo‘ysa ham bo‘ladi.

Quritilgan moychechak solingan suvga solib qo‘yish ham yaxshi samara beradi. Buning uchun bir osh qoshiq moychechakni bir stakan qaynagan suvga ivitib qo‘ying. Keyin esa aralashmani 1 litr sovuq suvga aralashtiring. Yoqimsiz hid anqimasligi uchun tovuq go‘shtini pergament (yog‘ shimmaydigan) qog‘ozga o‘rash, ustidan tuzli suvga solingan sochiqqa o‘rab qo‘yish kerak.

Har bir tovuq bo‘lagiga xantal surtib, uni idishga soling. Ustidan plyonka yopib bir necha soatga muzlatkichga qo‘ying. Shuningdek, tuz yoki shakar ham yaxshi yordam beradi. Tovuq bo‘laklarini tuz bilan yaxshilab ishqalab, 2 soatdan keyin yaxshilab yuvib tashlang.

Tovuq bo‘laklarini maydalangan sarimsoq va tuz bilan aralashtirish ham yaxshi samara beradi. Murch qo‘shilsa, natija yanada yaxshi bo‘ladi. Aralashtirib 2 soatga muzlatgichga qo‘yish kerak. Qolaversa, marinad qilish orqali ham go‘sht hidini ketkazish mumkin. Buning uchun ziravorlardan tashqari, vino sirkasi, limon ishlatish mumkin. Tuz qo‘shishni ham yoddan chiqarmang. Aralashmani 2-3 soatga muzlatgichga qo‘ying.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 5
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 20
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 105
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 235
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 142
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 341
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 0
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 1
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 0
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 5
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 8
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 50
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 20
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 64
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 49
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 25
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 48
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 88
  • Bo‘limlar