“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 21:12
ЎЗO‘Z

Moddalar almashinuvi jarayonini yaxshilash uchun 6 tavsiya

19 yanv, 23:18 5 849 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Moddalar almashinuvi jarayonini yaxshilash uchun 6 tavsiya Foto: Pinterest
Ortiqcha vazndan qutulish haqida gap ketganda, ko‘pincha moddalar almashinuvi jarayoni so‘zi tilga olinadi. Ba’zilar juda ko‘p ovqat iste’mol qilsa ham semirmasligining, yana ayrimlarda esa kuchli parhez natijasida ham ortiqcha vazn tashlamasligining siri nimada bo‘lishi mumkin?

Moddalar almashinuvi tananing oziq-ovqatni energiyaga aylantirish darajasi va turli xil faoliyatni davom ettirish uchun javobgardir. Shunga ko‘ra, moddalar almashinuvi darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, inson shuncha ko‘p kaloriya sarflaydi. Bunday vaqtda ovqatlanishni cheklash hech qanday foyda keltirmaydi. Tana harakat uchun kerakli kaloriya miqdorini olmagan holda energiya tejash rejimiga o‘tadi.

Natijada og‘irlik orta boradi. Shuning uchun ham odatdagi ovqatlanish rejimini saqlab qolish, sarflanadigan kaloriya miqdorini kamaytirmaslik birlan birga, vazn kamaytirishning eng maqbul usuli – moddalar almashinuvini tezlashtirishdir.

Oz va tez-tez ovqatlanish
Kuni bo‘yi tushlikdan yoki kechki ovqatga qadar och yurmasdan, tez-tez va oz miqdorda yeguliklar iste’mol qilish kerak. Buning uchun meva va sabzavotlar, vitaminga boy mahsulotlarni qabul qilish mumkin. Shuningdek, nonushta qilish juda muhim bo‘lib, aynan u moddalar almashinuvi jarayonini boshlab beradi.

Me’yoriy uyqu
Uyqusizlik nafaqat charchoqni, balki moddalar almashinuvi jarayonining buzilishiga ham olib kelishi mumkin. Uyquning yetishmasligi energiya va ishtahani tartibga soluvchi muhim gormon – leptin miqdorini pasaytiradi. Bu esa yana ortiqcha ovqatlanishga olib keladi. Sog‘lom ovqatlanish esa to‘g‘ri vazn yo‘qotish garovidir.

Ko‘p miqdorda suv ichish
Bu ko‘pchilik unutadigan eng muhim qoida. Suv tanadagi har qanday jarayonning asosiy ishtirokchisidir. Shu jumladan, moddalar almashinuvining ham. Shuning uchun ichimlik rejimiga rioya qilish muhim hisoblanadi. Bundan tashqari, ovqatdan oldin bir stakan suv ichish ko‘p ovqat yeyishdan saqlanishga yordam beradi. Agar oddiy suv ichish biroz muammo bo‘lsa, unga bir bo‘lak limon bilan yoqimli ta’m berish mumkin.

Sabzavotlar iste’moli
Karam, ismaloq, brokkoli va sitrus mevalarni iste’mol qilish kerak. Ular ovqat hazm qilishni yaxshilaydi va moddalar almashinuvi jarayonini tezlashtiradi. Shuningdek, tanani zaruriy vitaminlar bilan to‘yintiradi.

Ko‘k choy
Ko‘k choyning tarkibida moddalar almashinuvi jarayonini kuchaytiradi va ozishga yordam beradigan kofein bor. Bundan tashqari, ko‘k choy ishtahani bo‘g‘adi va tanadan toksinlarni chiqarib tashlaydi.

Kuch beruvchi mashqlar
Ular vazn yo‘qotishda boshqa mashg‘ulotlarga qaraganda samaraliroq hisoblanadi. Og‘ir jismoniy zo‘riqishdan so‘ng tana mushak tolasining tiklanishi va o‘sishi uchun juda ko‘p energiya sarflaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 229
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 137
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 336
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 178
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 377
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 262
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 0
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 0
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 2
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 25
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 31
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 22
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 10
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 101
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 62
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 84
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 100
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 218
  • Bo‘limlar