“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 12:03
ЎЗO‘Z

Tanangizga sovuq o‘tganidan darak beruvchi 4 simptom

11 yanv, 19:06 3 306 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tanangizga sovuq o‘tganidan darak beruvchi 4 simptom Foto: Freepik
Qishki sovuq harorat sabab organizm faoliyatida muammolar kuzatilishi mumkin. Sovuq o‘tib ketishi esa katta-yu kichikda jiddiy kasalliklar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Uyquchanlik
Titroq, pulsning susayishi va nafas olishda o‘zgarish kuzatilishi gipotermiyaga xos ilk simptomlar sanaladi. Ammo bu belgilar namoyon bo‘lishidan avval kishida uyqu bosishi kuzatiladi. Bir narsani yodda tutish kerak: sovuq o‘tishi uchun ko‘chaga chiqish shart emas, yosh bolalar hamda qariyalar harorati sovuq xonada uxlasa ham sovuq o‘tkazib olishi mumkin. Shu sabab ham qishda turar joy va binolarning issiqligiga e’tibor qaratish kerak.

Yanglishish, simptomlarni rad etish
Gipotermiyaga noto‘g‘ri tashxis qo‘yilishiga sabab bo‘ladigan muhim omillardan biri bemor o‘zida kuzatilgan yaqqol simptomlarni rad etishi hisoblanadi.

Nutqdagi muammolar
Gap shundaki, tana haroratining pasayishi qon aylanishi hamda miyani qon bilan ta’minlanishini susaytiradi va buning oqibatida kognitiv muammolar kuzatiladi. Atrofingizdagi kishilarning gaplari apoq-chapoq, fikrini ifodalash uchun so‘z topolmaydigan bo‘lsa, bu undagi gipotermiyadan darak berishi mumkin. Ovozning tabiiy bo‘lmagan balandligi, nutqning aniq va tushunarli bo‘lmasligi, ma’lum voqea-hodisa yoki munosabatga nisbatan boshqacha reaksiya bildirishi kabilar xavotirlanishga arzigulik sabab.

Beso‘naqaylik
Yurganda oyoqlarning chalkashib ketishi, oddiy harakatlar davomida ham xato qilish kabilar sizga issiqlik kerakligini bildirishi mumkin. Qolaversa, toza havodagi qishki faoliyat davomidagi istalgan o‘zgarishga befarq bo‘lmang. Sovuq qotish eng birinchi alomat ekanini yodda tuting.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 220
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 136
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 327
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 177
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 371
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 257
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 59
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 188
  • Bo‘limlar