“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 13:59
ЎЗO‘Z

Suyaklar mustahkam bo‘lsin desangiz qanday mahsulotlardan tiyilish kerak?

08 yanv, 21:30 3 044 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Suyaklar mustahkam bo‘lsin desangiz qanday mahsulotlardan tiyilish kerak? Foto: Harper’s Bazaar
Bo‘g‘inlar yallig‘lanishi bilan namoyon bo‘ladigan artritdan statistika ma’lumotlariga qaraganda, 42—47 foiz turli yoshdagi insonlar aziyat chekadi. Uning kelib chiqishiga turli omillar, xususan, iste’mol mahsulotlari ham sabab bo‘lishi mumkin. Ayrim mahsulotlarni tanovul qilish organizmdagi yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqarishi bu esa salomatlikka salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Qo‘shimcha shakar
Shakar deyarli barcha mahsulotlarda turli miqdorda mujassam bo‘lgani sabab ham mutaxassislar hech bo‘lmaganda qo‘shimcha shakardan voz kechishni tavsiya qiladi. Shakar organizmda yallig‘lanish kasalliklarini keltirib chiqaradi va ichaklar salomatligiga yomon ta’sir qilib, qarish jarayonini tezlashtiradi.

Qizil go‘sht
Ko‘plab tadqiqotlarda qizil go‘shtni iste’mol qilish va artrit kelib chiqishiga olib keladigan yallig‘lanish jarayoni o‘rtasida bog‘liqlik borligi aniqlangan. Shu bois ham mutaxassislar uning o‘rniga tovuq yoki baliq go‘shtini iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Yog‘li baliq nafaqat oqsil va minerallar, balki yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega bo‘lgan foydali omega-3 yog‘larini ham o‘z ichiga oladi.

Tarkibida glyuten bo‘lgan mahsulotlar
Glyuten — bug‘doy, javdar va arpa tarkibida bo‘ladigan o‘simlik oqsili hisoblanadi. Oshqozon-ichak traktiga yomon ta’sir qiladi va ortiqcha vazn to‘plash hamda depressiyaga sabab bo‘ladi. O‘tkazilganiga ko‘p bo‘lmagan tadqiqotda, glyuten iste’mol qilish va organizmda yallig‘lanish, xususan, artritning rivojlanishiga olib kelishi aniqlangan.

Spirtli ichimlik
Alkogolli ichimliklarda shakar haddan ortiq miqdorda ko‘p, qolaversa, spirt organizmda yallig‘lanishning avj olishini tezlashtirish xususiyatiga ega bo‘ladi. Spirtli ichimliklarni muntazam iste’mol qilish artrit, shuningdek, vazn to‘plash va tez qarishga olib keladi.

Tuzli va sho‘r taomlar
Tadqiqotchilar tuzni keragidan ortiq iste’mol qilish, artritni rivojlantirishini ma’lum qilgan. Gap shundaki, tuz yallig‘lanishni keltirib chiqarib, suyak va bo‘g‘inlar salomatligiga putur yetkazadi. Shu sabab ham ovqatga tuzni me’yorida qo‘shish, fastfudlardan esa umuman voz kechib, tuz o‘rniga organizmga zarar yetkazmaydigan alternativlardan foydalanish tavsiya qilinadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 187
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 132
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 308
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 161
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 350
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 243
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 17
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar