“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 06:03
ЎЗO‘Z

Yangi yil bazmidan keyin salomatlik va qomatga qanday yordam berish mumkin?

05 yanv, 00:04 2 551 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yangi yil bazmidan keyin salomatlik va qomatga qanday yordam berish mumkin? Foto: Freepik
Yangi yil dasturxoni va undan keyingi kunlardagi bayramdan qolgan mazali taom va yeguliklarni ketma-ket, aralash iste’mol qilish organizmga og‘irlik qiladi. Jigar, oshqozon, ichaklar hazm qilishga qiynaladi, ular faoliyatida muammolar kuzatilishi mumkin.

Uxlashga oshiqmang
Tushlikdan keyin qanchalik uyqu kelmasin, yotib uxlashga shoshilmang. Undan ko‘ra toza havoda sayr qilishga chiqing. Yurganingiz sabab jig‘ildon qaynashi oldi olinadi va hazm jarayoni yaxshilanadi.

Ko‘proq suyuqlik iching
Qanday taom yoki yegulik iste’mol qilishdan qat’iy nazar, tushlikni bir stakan suv bilan yakunlashga harakat qiling. Suyuqlik taomning hazm bo‘lishi uchun muhim sanaladi. Shu sabab ham Yangi yil bayramidan keyingi kunlarda ovqatlanish tartibiga rioya qilish hamda bir bo‘lak limon solingan suv ichishni kanda qilmaslik tavsiya etiladi.

Ko‘proq kletchatkaga boy mahsulot iste’mol qiling
Ovqat hazm bo‘lmayotgani yoki og‘irlashib ketayotganingizni his qilsangiz, ko‘proq kletchatkaga boy sabzavot, mevalar, shuningdek, donli mahsulotlarni iste’mol qiling.

Ko‘k choy iching
Istalgan choy hazm jarayoni uchun foydali bo‘lishi mumkin, lekin ko‘k choyning bu boradagi samarasi ko‘proq. Ushbu mahsulot antioksidantlik xususiyatini saqlab qolgani hisobiga ham hazm jarayonining faol bo‘lishiga hissa qo‘shadi.

Jigaringiz salomatligi haqida qayg‘uring
Haddan ortiq ovqatlanganda nafaqat oshqozon, balki ichaklar va jigar ham aziyat chekadi. Shu sabab ham sabzavotlar, ko‘k choy va zarchava iste’mol qilish maslahat beriladi. Qolaversa, ko‘p suyuqlik ichishni ham yoddan chiqarmaslik kerak. Suv ortiqcha yog‘larni erishi hamda ularning o‘t pufagida to‘planmasligiga yordam beradi.

Iloji bo‘lsa, saunaga boring
Saunaga bora olmagan taqdiringizda, issiq suvni yoqib yuvinish xonasini yaxshilab parlating. Inson terlaganda organizmdagi ortiqcha moddalar chiqib ketadi. Jismoniy mashqlarni bajarish orqali ham samaraga erishish mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 84
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 231
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 141
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 341
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 181
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 380
  • So'nggi yangiliklar
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 0
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 35
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 57
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 20
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 169
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 78
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 52
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 72
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 196
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 82
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 65
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 64
  • Bo‘limlar