“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 03:31
ЎЗO‘Z

Har kuni olma iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarish ro‘y beradi?

23 dek, 00:23 4 137 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Har kuni olma iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarish ro‘y beradi? Foto: Freepik
Salomat va tashqi ko‘rinishida muammo bo‘lmasligi, ortiqcha vazn hamda xavfli kasalliklarga duch kelmaslik uchun har kuni bittadan olma iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Saraton xavfini oldini oladi
Chekadigan yoki chekishni endigina tashlaganlar, ayniqsa, ko‘proq olma yeyishi kerak. Italiyalik olimlarning aniqlashicha, olmani muntazam ravishda iste’mol qiladiganlarda o‘pka saratoni kam kuzatiladi. Shuningdek, olma iste’moli ko‘krak, oshqozon va yo‘g‘on ichak saratonining ham oldini oladi.

Qondagi qand miqdorini me’yorlashtiradi
Tarkibida kletchatkalarning mo‘l ekani sabab ham ovqat hazm bo‘lishi, xususan, glyukozani qonga singishini sekinlashtiradi. Olma yoki nok bilan tushlik qilinganda, qandli diabetga chalinish xavfi 18 foizga kamayadi.

Milklar uchun foydali
Olmani tishlab chaynaganda tish va milklar uchun ahamiyatli tabiiy so‘lak ajralib chiqadi hamda ushbu so‘lak bakteriyalarga ham qarshi ta’sir qiladi.

Insultni oldini oladi
Kletchatkalarga boy bo‘lgan 200 gramm olma insultga chalinish xavfini 32 foizga kamaytiradi. Bundan tashqari, olmani chernika va uzum bilan qo‘shib yeyilsa, «yomon» xolesterin, hatto qon bosimini ham me’yorlashtirish mumkin.

Ozishga yordam beradi
Tarkibidagi murakkab uglevod va kletchatkalar mo‘l bo‘lgan olma ovqat hazm bo‘lishini sekinlashtirib, qorinni to‘q tutgani sabab ham nafaqat salomatlik, balki qomat uchun ham ahamiyatli. Qolaversa, olmada yog‘ eritish xususiyatiga ega bo‘lgan qo‘shimcha modda ham mavjud.

Yuqori miqdordagi xolesterinni kamaytiradi
Olma tarkibidagi pektin, arteriyani shikastlash va hayot uchun xavfli bo‘lgan kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan qondagi «yomon» xolesterinni kamaytiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 191
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 122
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 102
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 130
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 243
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 146
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 18
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 68
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 17
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 42
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 74
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 69
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 100
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 43
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 84
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 64
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 24
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 53
  • Bo‘limlar