“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 01:02
ЎЗO‘Z

Nima uchun tongni limonli qahva bilan boshlash kerak?

18 dek, 11:05 3 086 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nima uchun tongni limonli qahva bilan boshlash kerak? Foto: Freepik
Qahvani sut, zanjabil, hatto sariyog‘ bilan ham qo‘shib ichish mumkin. Tetiklashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan «baxt eleksiri»ga limon qo‘shib ichish esa organizmdagi ko‘plab jarayonlar, xususan, yurak faoliyati va teri ahvoliga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Organizmni ikki karra antioksidantlar bilan ta’minlaydi
Qahva tarkibidagi flavonoid va limondagi C vitamini umumlashmasi organizm uchun foydaning koni. Antioksidantlar immunitetning susayishi, erta qarish va surunkali kasalliklar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oksidlanish jarayonining oldini oladi. Kunni bir finjon qahva bilan qarshi olish ishonchli himoyani ta’minlaydi.

Immunitetni himoya qiladi
Limonning, ayniqsa C vitaminining immunitetga foydali ekani yangilik emas, ammo hamma ham kofeinning organizm himoyasiga qo‘shadigan hissasi haqida ma’lumotga ega emas. Qahvada temir, rux, B guruhining bir qancha vitaminlari mavjud bo‘lib, ushbu faol moddalar immunoglobulin ishlab chiqarilishini yaxshilaydi, organizmni virus va patogenlardan himoya qiladi.

Miyaga ijobiy ta’sir qiladi
Miyadagi adenozin retseptorlariga ta’sir qiladigan kofein ishga bo‘lgan layoqatni, diqqatni oshiradi, xotirani yaxshilaydi. Limon sharbati tarkibidagi faol moddalar ham shunday ta’sir ko‘rsatadi. Qahvanikidan biroz sustroq ekanligiga qaramay, ular ikkalasi qo‘shilganda kishining kun bo‘yi energiyaga to‘la bo‘lishi ta’minlanadi.

Vazn tashlashga yordam berishi mumkin
Avvalo, noto‘g‘ri ovqatlanish va sport bilan shug‘ullanmaganda ushbu ichimlik ozish borasida ojizlik qilishini yodda tuting. Kofein va limon aralashmasi tetiklashtiradi, jismoniy chidamlilikni oshiradi va metabolizmni tezlashtiradi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, parhezga amal qilgan, sport bilan shug‘ullangan va limonli qahva ichgan kishilar vazni tezroq kamayadi. Ularning faqat biriga rioya qilish esa ozishni xom-xayol bo‘lib qolishiga sababchi bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 102
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 272
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 135
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 314
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 212
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 276
  • So'nggi yangiliklar
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 0
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 0
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 8
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 24
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 16
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 200
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 49
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 47
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 58
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 87
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 22
  • Bo‘limlar